Xiaomi rasman Mi MIX 3 smartfonini taqdim etdi, uning ekrani deyarli barça old panelni egallaydi. Selfi-kamera va dinamikdan foydalaniş uçun qurilmaning orqa qismini suriş kerak böladi.

Mi MIX 3 Android 9’da maxsus MIUI 10 qoplamasi bilan işlaydi. Smartfon 2340x1080 piksel kenglikka ega 6,39 dyuymlik AMOLED-ekran, 3850 mA·s.lik akkumulyator, 6, 8 yoki 10 gigabayt operativ xotira, şuningdek, 128 yoki 256 gigabaytli örnatilgan xotira bilan jihozlangan.
Qurilma Qualcomm Snapdragon 845 protsessorida işlaydi va beşinçi avloddagi (5G) uyali aloqa tarmoqlari bilan mos keladi. Bundan taşqari, smartfonda barmoq izlari skaneri, NFC-modul va Bluetooth 5.0 mavjud.
Smartfon şuningdek, Quick Charge 4+ tez quvvatlantiriş hamda 10-vattli Qi simsiz quvvatlantiriş funksiyasiga ega. U har bir smartfon bilan birga böladi.

Smartfonning asosiy jihatlaridan biri har biri 12 megapikselli ikkita kameradir. Unda sun'iy idrok yordamida tasvir kalibrovkasi, yangi tungi suratga oliş rejimi, şovqinni yöqotiş, yoruğlik darajasini ölçaş, tasvirni barqarorlaştiriş paydo böldi. Ikkita kamera, şuningdek, videoni 4K’da va soniyasiga 960 kadrda yozib olişni qöllab-quvvatlaydi hamda sun'iy idrok tomonidan avtomatik ravişda musiqa qöşiş imkoniga ega.
Xiaomi’ning bildirişiça, Mi MIX 3 hozirça kam yoruğlikda suratga oliş uçun kompaniyaning eng yaxşi smartfonidir. Kam yoruğlik şaroitida Sony IMX576 sensori Super Pixel texnologiyasidan foydalanadi va ma'lumotlarni törtta qöşni pikseldan bir katta pikselga birlaştiradi.
Xiaomi Mi MIX 3’ning old kamerasini oçiluvçi slayderda yaşirdi, buning natijasida displey smartfon old paneli maydonining 93,4 foizini egalladi. Taqqoslaş uçun, xuddi şunday dizayndagi Oppo Find X slayderida bu körsatkiç 87%ni, iPhone XS Max’da esa - 84,4%ni taşkil qiladi.
Smartfon qölda oçiladi, lekin slayderga neodim magnitlar qöşilgan. Qurilma bukilgan holatda bölsa, uni oçiş uçun kuç kerak böladi.
Laboratoriya testlari vaqtida harakatlanuvçi mexanizmning hayot sikli 300 ming martani taşkil etdi. Slayderning oçilişi boşqa funksiyalarni faollaştiriş uçun işlatilişi mumkin: masalan, qönğiroqqa tez javob beriş yoki ba'zi funksiyalarni işga tuşiriş. Slayderni işlatişda tovuş effektlari nazarda tutilgan, foydalanuvçilar ularni öz xohişiga köra tanlay oladi.
Mi MIX 3'da Xiaomi birinçi marta sun'iy idrok uçun tugma qöşdi. Ekranning çap tomonidagi klavişni uşlab turib, foydalanuvçi Xiao Ai ovozli yordamçini yoqişi, bir marta yoki ikki marta bosiş bilan esa, öz xohişiga köra sozlaşi mumkin. Yordamçi faqatgina Xitoy bozorida işlaydi.

Smartfon uçta rangda taqdim etiladi: nefritli yaşil, yoqutli kök va «qora oniks». 6 Gbayt operativ xotira va 128 GB örnatilgan xotiraga ega bölgan versiya 475 dollar, 8 GB operativ xotiralisi - 520 dollar, 8 GB operativ xotira va 256 GB örnatilgan xotira bilan - 575 dollar, 10 GB operativ xotira va 256 GB örnatilgan xotiraga ega bölgani 720 dollar turadi. Xitoyda smartfonlar savdosi 1 noyabrdan boşlanadi, boşqa mamlakatlarda ularning paydo bölişi keyinçalik e'lon qilinadi.











