Vahşiyona öldirilgan saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçining tönğiç öğli Saloh va uning oilasi Saudiya Arabistonidan AQŞga jönab ketdi. Bu haqda Human Rights Watch huquqni himoyalaş taşkiloti vakili Sara Li Uitson ma'lum qildi. 

“Yaxşi yangiliklar: Jamol Qoşiqçining öğli Saloh va uning oilasi AQŞga jönab ketdi”, deb aytdi Uitson. Ularga nisbatan avvalroq kiritilgan taşqariga çiqiş taqiqlovi bekor qilingan.

CNN telekanalining ma'lum qilişiça, Salohda Amerika va Saudiya fuqaroligi bor, biroq unga Saudiya Arabistonidan çiqişga ruxsat berilmagani sababli qirollikni tark eta olmagan.

23 oktabrda Saudiya Arabistoni qiroli va valiahd şahzodasi Ar-Riyoddagi qarorgohida Qoşiqçining yaqinlariga hamdardlik bildiriş maqsadida jurnalistning öğlini qabul qilgandi.