«Barselona» «Kamp Nou» stadioni nomiga egalik huquqini sotiş borasidagi taklifga rad javobini berdi, deb yozadi El Pais.

Naşr xabariga köra, Ispaniyaning film va körsatuvlar işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi Mediapro kompaniyasi stadion nomiga egalik qiliş vakolatini qölga kiritiş uçun 300 million yevro tölaşga tayyor bölgan, ammo iş rasmiy taklifga qadar yetib bormagan.

Kataloniya klubi vakili Xosep Vives muzokaralar bekor qilinganini tasdiqlagan, ammo bunga nima sabab bölganiga aniqlik kiritmagan. Uning ma'lum qilişiça, Mediapro taklif etilgan summani 20 yil davomida bölib-bölib tölamoqçi ekani «Barsa» rahbariyatini qoniqtirmagan. Şu boisdan iş rasmiy hujjatlar tayyorlaşga qadar yetib bormagan.

Naşrning qöşimça qilişiça, «kök-anorranglilar» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Mediapro asosçilaridan biri Jaume Rouresdan klubning sobiq prezidenti Sandro Rosselni tijoriy firibgarlikda ayblab sudga kiritilgan da'voni qaytarib olişni söragan, ammo biznesmen bunga könmagan.