2017 yilda butun dunyodagi milliarderlarning umumiy boyligi butun tarix davomidagi maksimal ösişni körsatdi. Bu haqda UBS va PwC Billionaires Report 2018 tadqiqotida ma'lum qilingan.
Ötgan yil davomida milliarderlarning umumiy kapitali 19 foizga köpayib, 8,9 trln dollarga yetgan. Bu butun tadqiqotlar tarixidagi eng katta ösiş böldi. Bu ösişning deyarli uçdan bir qismi 332 nafar yangi milliarder paydo bölgani hisobiga şakllangan. Ayni vaqtda milliarderlar röyxatidan 2158 kişi joy olgan.
Hammadan tezroq xitoylik milliarderning boyligi köpaygan. Ötgan yil davomida ularning boyligi 38 foizga köpayib, 1,12 trln dollarga yetgan.
Eng köp milliarderlar hamon AQŞda bölib, ularning soni 585 nafarni taşkil qilmoqda. Bir yil içida AQŞda 22 nafar yangi milliarder paydo bölgan, barça amerikalik milliarderlarning umumiy boyligi 12 foizga köpayib, 3,1 trln dollargaça yetgan. Ğarbiy Yevropadagi milliarderlar soni 397 nafardan 414 nafargaça (+4 foiz), ularning umumiy boyligi esa 1,568 trlndan 1,87 trln dollargaça (+19 foiz) köpaygan.
Rossiyada bir yil içida milliarderlar soni 5 nafarga köpayib, 101 nafarga yetgan. Ularning umumiy kapitali 6 foizga oşib, 409,3 mlrd dollarga yetgan.
Tadqiqotda ta'kidlanişiça, yaqin orada milliarderlarning boyligi global qayta taqsimlanişi mumkin. Gap şundaki, 700 dan köproq milliarderning yoşi 70 dan oşgan va şu sababli yaqin 20 yil içida meros böyiça 3,4 trln dollar boşqa kişilarga ötişi mumkin.












