Bu haqda FIFA kengaşi a'zosi Aleksey Sorokin gapirib berdi.

«Kengaş tomonidan qabul qilingan hisobotda şunday deyilgan. Köplab körsatkiçlar böyiça avvalgi çempionat rekordlari yangilandi. Ba'zi bir taşabbuslarimiz muvaffaqiyatli deb topildi, masalan, bepul transport, muxlislarni identifikatsiya qiliş tizimi va boşqa yangiliklar», — deb Sorokin sözlarini keltirmoqda TASS.

Mundialga 2 milliondan ortiq xorijiy fanatlar keldi. Musobaqa oldidan ular maxsus hujjat — muxlis pasportini olişdi. Fanatlar u bilan öyinlarga kiriş va şahar transportidan bepul foydalaniş imkoniyatiga ega bölişdi. Şuningdek, turnirda ilk marotaba hakamning video-yordamçisi tizimidan foydalanildi. Jahon çempionatida 196ta gol urildi — bu tarixdagi uçinçi eng yaxşi körsatkiçdir.

Jahon çempionati 14 iyun - 15 iyul kunlari Rossiyaning 11ta şahrida ötkazildi. Fransiya terma jamoasi oltin medallarni, Xorvatiya esa kumuş medallarni qölga kiritdi.