Özbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining çiqarilişi va muomalada bölişi tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Markaziy bank obligatsiyalari bu – obligatsiya egasiga belgilangan muddatda foiz hisobida kuponli daromad oliş huquqini beruvçi elektron şaklda çiqariladigan emissiyaviy qimmatli qoğozlar ekanligi belgilandi.

Nizomga köra obligatsiyalar kreditlar uçun garov ta'minoti va RePO (obligatsiyalarni belgilangan muddat va narxda qayta sotib oliş majburiyati bilan sotiş böyiça ikki tomonlama harakat) bitimlarida oldi-sotdi obekti bölişi mumkin.

Obligatsiyalar çiqarilişi alohida emissiya tarzida amalga oşiriladi. Har bir çiqarilgan emissiyaga ön belgili razryaddan (X1X2X3X4X5X6X7X8X9X10) iborat identifikatsion raqam beriladi va Global sertifikat bilan rasmiylaştiriladi.

Birinçi razryad (X1) – “2” raqami qimmatli qoğozning turini körsatadi.

Ikkinçi razryad (X2) - qimmatli koğozning muomala davrini körsatadi:

• “1” - uç oy muddatga;
• “2” - olti oy muddatga;
• “3” - tökkiz oy muddatga;
• “4” - ön ikki oy muddatga muomalada bölgan obligatsiyalar uçun.

Obligatsiyalarni tijorat banklari örtasida joylaştiriş auksion savdolari orqali amalga oşiriladi.

Auktsion savdolari ikki xil usulda ötkaziladi:

• “amerikaça” usul - raqobatli buyurtmalar ularda taklif etilgan foiz stavkalari böyiça qondiriladi;
• “gollandça” usul - raqobatli buyurtmalar çegiriş foiz stavkasi böyiça qondiriladi.