Özbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 29 oktabr kuni barça darajadagi davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnatning har qanday şakl va körinişlariga yöl qöymaslik borasidagi javobgarligini oşiriş töğrisida farmon qabul qildi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Hujjatda Özbekiston Respublikasi boş prokuroriga qişloq xöjaligi işlari çoğida yöl qöyilgan qonun buziliş holatlari yuzasidan tekşiriş ötkaziş böyiça topşiriq berilgan.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi boş vaziri, joylardagi davlat hokimiyati organlari va xöjalik birlaşmalari rahbarlari majburiy mehnatning barça şakl va körinişlariga barham berişga qaratilgan çora-tadbirlarni samarali amalga oşirişi kerak böladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq ğalla ekiş va suğoriş işlarini taşkil etiş jarayonida jiddiy kamçiliklarga yöl qöygani bois Zoyir Mirzayev Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari – Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qişloq va suv xöjaligi, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etilgandi.