Vazirlar Mahkamasining “2018-2019 yillarda Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanini kompleks rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Quyidagilarni öz içiga oluvçi 2018-2019 yillarda Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanini kompleks rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi:
2018-2019 yillarda Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanini kompleks rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturining moliyalaştiriş manbalari;
oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari, şuningdek quriliş materiallari, yengil sanoat va boşqa sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiyalaş, yangidan barpo etiş, texnik va texnologik jihatdan yangilaş böyiça investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;
xizmatlar sohasi va servisni rivojlantiriş böyiça investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;
qişloq xöjaligi sohasini yanada barqaror rivojlanişini ta'minlaş böyiça investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;
muhandislik-kommunikatsiya va işlab çiqariş infratuzilmasini jadal quriş dasturining asosiy körsatkiçlari;
ijtimoiy soha infratuzilmasini yanada takomillaştiriş böyiça investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;
qişloq xöjaligi sohasida yer maydonlaridan oqilona foydalaniş va irrigatsiya tizimini yaxşilaş böyiça manzilli röyxati.
Dastur parametrlarining bajarilişini ta'minlaş böyiça davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, tijorat banklari faoliyatini muvofiqlaştiriş va monitoring qiliş vazifasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantiriş masalalari axborot-tahlil departamenti zimmasiga yuklatildi.
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari axborot-tahlil departamenti:
davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, tijorat banklari tomonidan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oşirilişini tahlil qilib boradi va muvofiqlaştiradi;
Dastur bajarilişining monitoringi olib borilişini taşkil etadi va har oyda tizimli ravişda muammoli masalalarni körib çiqadi, ularni hal etiş yuzasidan tezkor va amaliy çora-tadbirlar köradi;
zarurat bölganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelişilgan loyiha hujjatlari mavjud bölgan taqdirda, Dasturga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritilişini ta'minlaydi.
Qaşqadaryo viloyati hokimligi vazirliklar, idoralar, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, tijorat banklari va loyiha taşabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oşirilişi böyiça loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş va ekspertizadan ötkaziş, quriliş-montaj işlarini bajariş, zamonaviy texnologik asbob-uskunalar bilan butlaş va loyihalarni foydalanişga topşirişning aniq muddatlari körsatilgan tarmoq jadvallarini işlab çiqib tasdiqlaydi.
Qaşqadaryo viloyati hokimligi Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi, “Özqurilişmateriallari” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda “Obod qişloq” dasturi doirasida amalga oşiriladigan quriliş, obodonlaştiriş işlari uçun zarur bölgan asosiy turdagi quriliş materiallarining mahalliy işlab çiqaruvçi taşkilotlar tomonidan özlaştirilişi yuzasidan qöşimça loyiha takliflarini şakllantiriş va Dasturga kiritiş çoralarini köradi.
Qaşqadaryo viloyati hokimligi Quriliş vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi bilan birgalikda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalari amalga oşirilişi uçun yer uçastkalarini belgilangan tartibda ajratadi.
“Özqurilişmateriallari” AJ "Özbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi, “Özbekneftgaz” AJ, Qaşqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Dehkonobod tumanidagi “Bentonit” va “Dolomit” xomaşyosini qayta işlaş orqali tayyor mahsulot işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.











