Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev hududlarda amalga oşirilayotgan islohotlarning borişi, yirik iqtisodiy va ijtimoiy loyihalar bilan tanişiş maqsadida Qaşqadaryo viloyatiga boradi.
Davlat rahbari taşrif davomida viloyatning sanoat salohiyati, qişloq xöjaligidagi yangilanişlar va taʼlim tizimida olib borilayotgan işlar bilan bevosita tanişişi rejalaştirilgan.
Taşrif dasturidan voha iqtisodiyoti uçun muhim ahamiyatga ega bölgan yangi işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşiriş hamda istiqbolli loyihalar qurilişiga start beriş marosimi ham örin olgan.
Qaşqadaryo viloyatini kompleks rivojlantiriş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş va aholi farovonligini oşiriş masalalariga bağişlangan kengaytirilgan yiğiliş ötkazilişi közda tutilgan.













