Yaqinda «Kun.uz» saytida «Bu yil kömir neça pul böladi?» sarlavhali maqola e'lon qilingandi. Kömir ta'minoti va narxlari böyiça söz borgan maqoladan söng tahririyatimizga kömirni birja orqali xarid qiliş şartlari, bu mahsulot bahosi böyiça köplab savollar kelib tuşdi. Ularga javob oliş maqsadida «Özbekiston respublikasi tovar xom-aşyo birjasi» («ÖzRTXB») AJ boşqaruv raisi v.v.b Faroxidin Ibragimov bilan suhbatlaşdik.

Foto: «ÖzRTXB» raisi Faroxidin Ibragimov

– Faroxidin aka, aytingçi, nega kömir birja savdolari orqali sotiladi va uni xarid qiliş şartlari qanaqa?

– Davlatimiz iqtisodiyotining bozor tamoyillari asosida, teng raqobat muhitida rivojlanişining asosiy şartlaridan biri erkin savdolar uyuştiriş, tovar xom-aşyo resurslariga şaffof mexanizmlar orqali egalik qilişdir.

Ana şunday usullardan biri va asosiysi mahsulotlarning, xususan toşkömirning birja savdolari orqali sotilişi hisoblanadi. Aynan mana şu savdolarda xarid qiliş uçun hammaga teng imkoniyat beriladi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 noyabridagi № PQ-3386 raqamli qaroriga köra, davlatimiz tovar xom-aşyo birjasi faoliyati yangi bosqiçga kirdi. 2018 yil 1 yanvardan boşlab esa yuqori likvidli 27 turdagi mahsulot, jumladan kömir ham oçiq birja savdolari orqali sotilişi yölga qöyildi.

Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 fevraldagi 57-sonli Qaroriga köra birjadan xarid qilingan kömirning qayta sotilişi mumkin emasligiga oid tartib töxtatilgan. Şuningdek, 2018 yil 1 yanvardan boşlab bunday mahsulotlarning eng yuqori narxlari belgilanişi, sotiliş hajmlari va dislokatsiyasi böyiça çeklovlar ham bekor qilingan.

Hozirgi kunda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 yanvaridagi № PQ-3479 raqamli qaroriga muvofiq, kömir birja savdolaridan taşqari töğridan-töğri şartnomalar orqali byudjyet taşkilotlari, aholi va «Özbekenergo» AJga belgilangan narxda sotilişi mumkin.

- Mahalliy kömirning qança miqdori «ÖzRTXB» AJ birja savdolari orqali sotiladi?

- 2018 yil boşidan buyon «ÖzRTXB» AJ birja savdolari orqali 85,9 ming tonna mahalliy kömir savdoga qöyildi va ulardan 82,1 ming tonnasi realizatsiya qilindi. Sotuvçilar sifatida «Şarğunkömir» va «Özbekkömir» AJlar bölişdi va ularning birjaning umumiy kömir savdolaridagi hissasi 23 foizni taşkil qildi.

Xarid qilingan kömir markalari asosan elektroenergiya va quriliş materiallari işlab çiqarişga möljallangan.

- Demak, «ÖzRTXB» AJ birja savdolari orqali umumiy kömir hajmining faqat 2-3 foizigina sotilarkanda?

- Ha, 2018 yilda kömir qazib oliş hajmi 4 million tonnadan ortişi mumkinligini hisobga olsak, şunday. Yil oxiriga qadar birja savdolari orqali 122 ming tonna mahalliy kömir sotilişi möljallangan.

- Kim birja savdolarining asosiy xaridorlari hisoblanadi? Aholi bevosita bu savdolarda iştirok etişi mumkinmi?

- Birja savdolarining asosiy xaridorlari işlab çiqariş korxonalari hisoblanadi. Bular ğişt, ohak zavodlari, sopol buyumlar işlab çiqaruvçilar va issiqxonalar, umumiy ovqatlaniş tarmoqlari egalaridir.

Jismoniy şaxslar savdolarda bevosita iştirok eta olmaydi. Sababi, birja ulgurji savdolar maydoni bölib, undagi minimal lot hajmi bir tonnadan kam bölmasligi şart. Şuningdek, savdolarda yuridik şaxslarning hisob-kliring palatasidagi hisob raqamlari iştirok etadi.

– Xarid qilingan mahsulot qanday olib ketiladi?

– Xarid qilinganlik böyiça barça hujjatlar rasmiylaştirilgaç, sotuvçi omboridan xaridor tomonidan olib ketiladi. Bu örinda savdolarda birjada tuzilgan bitimning ijrosini kafolatlaş maqsadida bönak mablağ kiritilişi şartligini eslatib ötiş lozim. Mahalliy kömir xarid qiliş uçun möljaldagi xaridning 10 foizi miqdorida, import mahsulot uçun 2 foizi miqdorida bönak tölanişi lozim.

Tomonlardan biri öz burçini bajarmasa, bönak summasi miqdorida jarima sanksiyalari qöllaniladi. Bu birja savdolarida şartnoma intizomi yuqoriligini ta'minlaydi.

– Narxlar töğrisida ham töxtalsangiz.

– Birja savdolarining asosiy qoidasi narxlarning talab va taklifga köra şakllanişidir. Yil boşidan buyon mahalliy kömirning barça markalari böyiça örtaça narxi tonnasiga 260,7 ming sömni taşkil qildi. Ötgan davr davomida narxlar 187,8 ming sömdan 345,8 ming sömgaça özgarib bordi va ösiş 84 foizni taşkil qildi. Narxlar oşişi asosan avgust-oktabr oylarida kuzatildi va bu davrda talabning kötarilişi qişki mavsum boşlanişidan avvalgi odatiy holat hisoblanadi. Şu bilan birga, narxlar oşiş körsatkiçi ötgan yilgiga nisbatan past böldi. Ötgan yilning şu davrida narxlar ikki barobardan ortiqroq ösgandi. Bunga birja tomonidan narxlarning keskin özgarişiga qarşi qöllangan bozor iqtisodiyotiga xos çoralar, şu jumladan kömiring birja orqali import qilinişi yordam berdi, deb aytiş mumkin. Birja orqali import qilingan kömirni inobatga olganda kömirning barça markalari böyiça örtaça kotirovkalar joriy yilning boşlaridan beri 14 foizga ösdi.

– Birjada narx keskin ösişi oldini oliş böyiça çoralar körilişiga töxtaldingiz. Lekin şu bilan birga ayrim savollar oçiq qolmoqda. Masalan, ba'zi xaridorlar mahsulotni xarid qilib rasmiylaştirganlaridan söng, omborning özida balandroq narxda pullab yuborişlari, sizlarning jargoningizda «tiket»larini sotişlari mumkinmi?

– Bunday qiliş iqtisodiy jihatdan özini oqlamaydi. Axir şu mahsulot birjada oçiq savdolarda, şaffof tarzda sotilmoqdaku? Vositaçi yoki olibsotarga ortiqça xarajat qiliş maqsadga muvofiq emas. Kömirning, jumladan import kömirning birja savdolari oçiq va çeklovlarsiz bölib ötmoqda. Kelgusida birja orqali xarid qilingan tovarlarni yuklaş böyiça ham qöşimça qulayliklar yaratilişi amalga oşiriladi.

– «ÖzRTXB» AJ bu yönalişda kelajakda qanday yangi rejalarni amalga oşirişni möljallamoqda?

– Joriy yilda «ÖzRTXB» AJ xorij hamkorlari bilan örnatilgan aloqalarni kölami sezilarli darajada oşdi. Buning ortidan Özbekistonda umuman yoki yetarli miqdorda işlab çiqarilmaydigan mahsulotlarni birja savdolari orqali import qiliş maqsadida bevosita işlab çiqaruvçilar jalb etila boşladi. Oldin kömirning birja savdolari orqali import qiliş bilan faqat Özbekiston rezidentlari şuğullanib kelgan bölsa, endi xorijiy korxonalar öz brokerlarini akkreditatsiyadan ötkazib, mahsulotlarini taklif etişlari mumkin. Bundan oldin sement savdosida kuzatdik, birja savdolari orqali bevosita işlab çiqaruvçi tomonidan sotilgan xorijiy sementning bahosi rezidentlar tomonidan olib kirilgan import sementning narxiga nisbatan sezilarli darajada past böldi.

Şu bois hozir «ÖzRTXB» AJ tomonidan «Qirğiz fond birjasi» YoAJ, Qozoğistonning «Yevroosiyo Savdo tizimi» tovar birjasi, «Kaspiy» tovar birjasi birjalari bilan qator uçraşuvlar ötkazildi. Şuningdek Xitoy davlati işlab çiqaruvçilari ham mamlakatimizga birja orqali kömir import qilişga qiziqiş bildirmoqdalar.

Hamkorlikdan maqsad faqat importni kengaytiriş emas, Özbekiston mahsulotlarining eksporti hajmini ham oşirişdir.

Abror Zohidov suhbatlaşdi