Qayd qilinişiça, bugungi kunda kömir qazib çiqaruvçi xususiy tadbirkorlar soni 18 taga yetdi. 2023-2025 yillarda ular tomonidan geologiya-qidiruv işlari kengaytirilib, 2,4 million tonna kömir qazib çiqarildi. Mazkur jarayonlarga 117,2 million dollar xususiy investitsiyalar yönaltirildi. Angren va Şarğun kömirlarini aralaştiriş hisobiga issiqlik elektr stansiyalariga 1,5 million tonna import örnini bosuvçi, yonuvçanligi yuqori bölgan mahalliy kömir yetkazildi.

Taqdimotda kömir narxlarini şakllantirişni bozor tamoyillariga ötkaziş masalasi körib çiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Amaldagi tartibda narxlarni ma’muriy belgilaş işlab çiqaruvçilarning moliyaviy barqarorligiga, yangi investitsiya kiritiş va qazib çiqariş hajmini oşiriş imkoniyatlariga ta’sir körsatayotgani qayd etildi.

Şu munosabat bilan 2026 yil 1 iyundan boşlab kömir narxlarini davlat tomonidan belgilaş amaliyotini bekor qiliş hamda kömirni davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar strategik turlari röyxatidan çiqariş taklif qilindi. Bunda kömir narxi talab va taklif asosida şakllanadi, iste’molçilarga birja savdolari orqali sotiladi.

Uşbu yondaşuv sohada oçiq raqobat muhitini yaratiş, barça iştirokçilar uçun teng şaroit ta’minlaş, işlab çiqaruvçilarni qöşimça hajm va sifat uçun rağbatlantirişga xizmat qiladi. Issiqlik elektr stansiyalari va yirik iste’molçilar kömirni «taklif sörovi» tartibi asosida, hisobot davridagi örtaça birja narxlarida xarid qilişi mumkin böladi.

Aholi va budjet muassasalarini kömir bilan barqaror ta’minlaş uçun alohida mexanizm joriy etiladi. Kömir qazib çiqaruvçilar mahsulotni birja savdolarida alohida savdo maydonçasi orqali yetkazib beruvçi tadbirkorlarga sotadi. Tadbirkorlar omborxonasi, texnikalari va soliq reytingi kabi mezonlar asosida elektron tizim orqali tanlanadi.

Respublika böyiça aholi va budjet taşkilotlariga yetkazib beriladigan kömir narxlari örtasidagi tafovutni bartaraf etiş maqsadida temir yölda taşiş yagona tarif asosida amalga oşiriladi. «Kömir ta’minot» mas’uliyati çeklangan jamiyati faoliyati tugatilib, hududlardagi 96 ta kömir ombori va texnikalar auksion savdolari orqali sotiladi.