Qarorga muvofiq, 2026 yil 1 noyabrdan boşlab mahalliy işlab çiqaruvçilarning kömir mahsulotlari birja savdolari orqali sotiladi. Aholi va byudjyet taşkilotlariga yetkazib beriladigan mahalliy kömir uçun yagona tarif joriy etiladi.

Şuningdek, «Kömir ta’minoti» MÇJ tomonidan interaktiv portal işga tuşirilib, aholi uşbu tizim orqali buyurtma berişi, kömirning sifati va narxi böyiça takliflarni taqqoslaşi hamda yetkazib beriş jarayonini kuzatişi mumkin böladi. Portalda tadbirkorlarning reytingi ham şakllantiriladi.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uçun kömir xarid qiliş xarajatlarining bir qismi moddiy yordam sifatida qoplab beriladi. Buning uçun har bir tonna kömir uçun belgilangan me’yorlar asosida mablağ ajratiladi.

Hujjatda mahalliy kömir işlab çiqarişni köpaytiriş, omborlar infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, import kömir hisobini raqamlaştiriş hamda aholi va byudjyet taşkilotlarini kuz-qiş mavsumida uzluksiz kömir bilan ta’minlaş böyiça qator qöşimça çora-tadbirlar ham belgilangan.