Afğonistonda hukumat qöşinlari orasiga “kiritilgan” jangari hujumi oqibatida AQŞning Nort-Ogden şahri (Yuta ştati) meri Brent Teylor halok böldi. Bu haqda şaharga vaqtinçalik mer qilib tayinlangan Brent Çagga iqtibos keltirgan holda CBS News naşri ma'lum qildi.
Avvalroq jangari hujumi oqibatida NATO harbiysi halok bölgani ma'lum qilingandi. AQŞ milliy gvardiyasida halok bölgan harbiy şaxsi örnatilgan, biroq qoidalarga köra halok bölgan harbiylar ismi yaqinlari ularning ölimidan xabardor qilinmagunça ma'lum qilinmaydi.
Biroq amerikalik bir qator siyosatçilar, jumladan Yuta ştati leytenant-gubernatori Spenser Koks va AQŞ senatiga nomzod Mitt Romni ijtimoiy tarmoqlarda Brent Teylorning ölgani haqidagi xabarlarni joylaştirib, uning yaqinlariga hamdardlik bildirişgan. Teylor Nort-Ogdenga 2013 yildan beri merlik qilgan.












