AQŞ moliya vazirligi Erondagi 600 dan köproq jismoniy va yuridik şaxslarga qarşi sanksiyalar kiritadi. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Pompeoning aytişiça, gap moliyaviy çeklovlar kiritiş haqida bormoqda. “Duşanba kuni tiklanadigan nafaqat neft, balki moliyaviy sanksiyalar Eron tuzumi xatti-harakatining özgarişiga olib kelişiga işonçim komil. Bu biz kutayotgan natija. Bu prezident Tramp siyosatining maqsadi hisoblanadi”, deb aytgan Pompeo.
AQŞ Eron bilan tuzilgan yadroviy kelişuvdan may oyida çiqqan. Öşanda Tramp Vaşington Tehronga qarşi sanksiyalarni 5 noyabrda tiklaşini aytgan.












