Misr kuç tuzilmalari 2 noyabrda nasroniylar avtobusiga hujumga aloqador 19 terrorçini yöq qildi. Bu haqda Misr içki işlar vazirligida ma'lum qilindi. 

Ma'lum qilinişiça, politsiyaçilar terrorçilar yaşiringan joyni şturm bilan olişgan. Yuzaga kelgan töqnaşuv davomida barça terrorçilar yöq qilingan. 

2 noyabrda Misrning Al-Minya viloyatidagi Avliyo Samuil çerkoviga yöl olayotgan nasroniylar avtobusi noma'lum kişilar tomonidan öqqa tutilgan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, hujum oqibatida 7 kişi halok bölgan, 12 kişi yaralangan.