Tadbirkor Ilon Mask Twitter sahifasidda Los-Anjyeles şahri ostidan ötuvçi tunnelda olingan videoni joylaştirdi. Mazkur tunnel şahar yer usti transporti va metrosiga muqobil tarzda taklif etilmoqda. 

“Bugun keçqurun Los-Anjyeles ostidan ötuvçi Boring Co (tunnelni quriş uçun Mask asos solgan kompaniya) tunnelini bosib ötdim. Vahimali uzoq”, - deb yozgan Mask sahifasiga joylagan videoga izoh sifatida. Avvalroq, tadbirkor tunnel 10 dekabrda foydalanişga topşirilişi haqida ma'lum qilgan. 

Ilon Mask 2016 yil dekabrida The Boring Company taşkil etilişi haqida e'lon qilgan edi. 2017 yil yanvarida kompaniya burğilovçi uskuna olib, yer osti tarmoğini taşkil etiş loyihasi doirasida Los-Anjyeles ostida tunnel kovlay boşladi. U kelgusida şaharni töliq qamrab olişi kerak. Şu yilning iyunida 4,3 kmdan ortiqroq yöl qurilişini tugatdi. Tunneldan foydalaniş boşlanganidan keyin, imtiyoz yölovçilarga va velosipedçilarga beriladi. Imtiyozli davr tugaganidan keyin, undan foydalaniş narxi avtobus çipta pulidan arzon böladi.