Yaponiyaning Hitachi-Omron Terminal Solutions kompaniyasi mamlakatdagi birinçi sun'iy intellektli bankomatni işlab çiqardi, u firibgarlarga qarşi kuraşişda yordam berişi közda tutilgan. Kyodo agentligi şu haqida xabar berdi.
Qurilma bir neça kamera bilan ta'minlangan bölib, ular tasvirga oliş bilan birga foydalanuvçilarning taşqi körinişi va xulq-atvorini tahlil qiladi. Masalan, agar mijoz operatsiyani amalga oşiriş vaqtida telefonda gaplaşa boşlasa, tizim avtomatik ravişda tranzaksiyani uzib qöyadi va ekranda şu haqidagi xabar paydo böladi.
Qora közoynak, niqob va taşqi körinişni tösuvçi boşqa predmetlarga ega kişilar bankomatga yaqinlaşgan taqdirda ham şunday holat kuzatiladi. Ular operatsiyani amalga oşirişlari uçun dastlab bu aksessuarlarni yeçişlari kerak böladi, aks holda buning iloji bölmaydi. Apparat şuningdek özi mustaqil örgana va qaror qabul qila oladi.
Kompaniya mazkur texnologiyasini takomillaştirişni va 2019 yilda bunday bankomatlarni tijorat maqsadlarida işlab çiqarişni rejalaştirmoqda. Uning real muhitdagi birinçi sinovlari Ayti markaziy prefekturasida ötkazildi. Sinovlar muvaffaqiyatli ötdi.
Yaponiya hukumati va politsiyasining faol sa'y-harakatlariga qaramay, mamlakatda aldov va tovlamaçilik bilan boğliq jinoyatlar tez-tez uçrab turibdi. Birgina şu yilning birinçi yarmida fuqarolarning firibgarlardan körgan moliyaviy yöqotişlari 1 milliard iyen (9,5 million dollar)dan ortiqni taşkil qildi.












