Facebook ijtimoiy tarmoği AQŞ prezidenti Donald Trampning AQŞ çegaralariga yöl olayotgan muhojirlar karvoni haqidagi saylovoldi roligini pullik tarqatişni taqiqladi.
Ijtimoiy tarmoqda bu video Facebook’da reklama joylaştiriş qoidalarini buzişi aytilgan. “Bu rolik Facebook’da postlanişiga qaramay, u pullik tarqatila olinmaydi”, deyilgan kompaniyada.
3 noyabrda AQŞ prezidenti öğli Kiçik Donald Tramp Facebook’da muhojirlarga AQŞga tuşişga xalaqit qiliş uçun saylovlarda Respublikaçilar partiyasiga ovoz beriş kerakligi haqidagi reklamani joylaştirgan. Videoda AQŞda 2 politsiyaçini öldirganlik uçun jazolangan noqonuniy muhojir ham körsatilgan.
CNN refused to run this ad... I guess they only run fake news and won’t talk about real threats that don’t suit their agenda. Enjoy. Remember this on Tuesday. #vote #voterepublican pic.twitter.com/VyMm7GhPLX
— Donald Trump Jr. (@DonaldJTrumpJr) November 3, 2018
Kiçik Tramp CNN uşbu rolikni efirga uzatişdan boş tortganini ma'lum qilgan. “Körinişiça, faqat soxta yangiliklarni körsatişadi va özlariga töğri kelmaydigan real muammolar haqida gapirişni istaşmaydi”, deb izoh bergan Tramp bu holatga. CNN’da esa reklamani irqiy deb hisoblab, uni berişdan boş tortganlari aytilgan. Keyinroq bu rolikni körsatişdan NBC va Fox News telekanallari ham boş tortgan.












