Hindistonlik dehqonlar hamqişloqlariga hujum qilgan yölbarsni topib, uni ayovsiz öldirişdi. Bu haqda The Times of India naşri xabar bermoqda.
Uttar-Pradeş ştatidagi Çaltua qişloğida yaşovçi 50 yoşli erkak yölbarslar qöriqxonasiga içkarilab ketganda unga yölbars hujum qilgan. Erkak qoçişga muvaffaq bölgan, biroq keyinroq olingan jarohatlardan şifoxonada jon bergan.
Ertasi kuni bundan darğazab bölgan bir neça kişi qöriqxona qöriqçilarini döpposlab, ulardan traktorni olib qöyib, unda yölbarsni qidirişga tuşgan. Ular yölbarsni topişgaç qurşab olib, traktorda bosib taşlaşgan, söngra jon bergunça kaltaklaşgan.
Örmonlar boşqarmasida ta'kidlanişiça, yölbars qöriqxonani heç qaçon tark etmagan va insonga uning hududiga kirgandagina hujum qilgan. Şu sababli mutasaddi idoralar yölbarsni öldirganlarni javobgarlikka tortmoqçi.
Şu munosabat bilan yölbarsni öldirişda gumon qilinayotgan 6 kişi ustidan politsiyaga şikoyat qilingan. Şuningdek, töqnaşuvning oldini olmagan qöriqxonaning 6 xodimi ham jazolanişi mumkin.
Çaltua qişloği qöriqxona hududida joylaşgan bölib, rahbariyat qişloqni boşqa joyga bir neça bor köçirmoqçi bölgan, ammo qişloq aholisi barça takliflarni rad etib keladi.
3 noyabrda Hindistonning Maxaraştra ştatida 14 kişini öldirgan yölbars otib taşlangani ma'lum qilingandi. Uni bir neça oy eng yaxşi merganlar va 200 reynjyer qidirgan.












