AQŞ va Vetnam 7 noyabrda AQŞ armiyasi tomonidan 1960-1970-yillarda Hindixitoy yarimorolidagi jangovar harakatlar vaqtida öta zaharli defoliantlarning ommaviy qöllanişi oqibatlarini bartaraf etiş böyiça ilk qöşma loyiha amalga oşirilişi yakunlanganini ma'lum qildi. Nhan Dan naşrining ma'lum qilişiça, AQŞning moliyaviy kömagida tomonlar 2012 yildan beri AQŞning Danang şahridagi sobiq harbiy bazasi hududini zaharli moddalardan tozalaş işlarini amalga oşirişgan.

Uşbu uruş vaqtida AQŞ harbiy-havo kuçlari aviabazasi joylaşgan Danang aeroportida ötgan tantanali marosimda Vetnam harbiy qömondonligi va AQŞ elçixonasi vakillari Xanoyda ham, Vaşingtonda ham ikki davlat tarixidagi noxuş sahifalarni varaqlaşga yordam beruvçi uşbu birgalikdagi işga katta ahamiyat berilişi ta'kidlab ötilgan. AQŞ tomonidan 110 mln dollar ajratilgan loyihani bajarişga ketgan 6 yil davomida 30 gektar yer tozalangan. Endi bu yerni Danang xalqaro aeroportini kengaytiriş uçun qöllaş mumkin böladi. 

Danangdagi aviabaza uruş yillarida Agent Orange – AQŞ bombardimonçilari tomonidan vetnamlik partizanlar nazorat qilgan hududlar ustidan soçilgan defoliant saqlanadigan asosiy ombor bölgan. 

Agent Orange ilk bor 1961 yil sentabrda Vetnamning janubiy qismidagi Kamau yarimoroli ustida soçilgan. Vetnamdagi uruş vaqtida umumiy hisobda 80 mln litr defoliant soçilgan. Uruşdan keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijalari esa Vetnamda kimyoviy moddalardan dunyoning boşqa joyidan köproq odam jabrlanganini tasdiqlagan. Taxminiy baholaşlarga köra, 4,8 mlnga yaqin vetnamlik defoliant ta'siriga uçragan.