Avstraliya OAV ikkinçi kun baxtli tasodifgina qurbonlarsiz tugagan noodatiy favquloddagi vaziyatni muhokama qilişdan töxtamayapti. Voqea 5 noyabrda Nyuman şahridan Port-Xedlendga yöl olayotgan yuk poyezdi bilan yuz bergan.

Temir rudasi ortilgan yuk poyezdi 268 ta vagondan iborat bölib, bunday ulkan tarkibni 4 ta teplovoz tortgan, bir maşinist boşqargan.

Ma'lum qilinişiça, barçasi maşinist oraliq töxtaşlardan birida vagonlardan birini közdan keçiriş uçun kabinani tark etgandan keyin boşlangan. Şu payt tarkib joyidan qözğalib, tezlaşa boşlagan va maşinist bunga qarşilik körsata olmagan. 

Poyezd qiya yuza böylab ketib qolgani yoki lokomotivlar tortişi oqibatida yurib ketgani hozirça noma'lum. Tarkib borgan sari tezlaşib, maşinistsiz örtaça 100 km/soat tezlik bilan deyarli 100 kmça yöl ötgan.

Foto: Sean G

Poyezdni yagona usul – relslardan çiqarib yuboriş bilan töxtatişga muvaffaq bölingan, aks holda bu voqea qanday ayançli oqibatlarga olib kelişini tasavvur ham qiliş qiyin.

Poyezdni qurbonlar bölmasligi uçun sun'iy falokat yöli bilan çöl hududida töxtatişga muvaffaq bölingan.    

Mutaxassislarning fikriça, mutasaddi idoralarda poyezdni töxtatiş uçun boşqa çora ham qolmagan. Poyezd 14 ming kişilik Port-Xedlenddan 100 km uzoqlikda töxtatilgan. 

Tarkib dunyodagi eng yirik toğ-kon kompaniyalaridan biri, boş qarorgohi Melburnda bölgan BHP kompaniyasiga tegişli bölgan. 

Bloomberğning BHP’ga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilişiça, falokat oqibatida 1,5 kmlik temir yöl qismiga şikast yetgan, uni tiklaşga kamida bir hafta vaqt ketadi. Hozirda bu muammoni hal qiliş bilan 130 ga yaqin odam şuğullanmoqda. 

Mutaxassislarning fikriça, falokat Avstraliyadan ruda eksportiga jiddiy ta'sir qiladi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga köra, portda mavjud bölgan xom aşyo zaxiralari uni yetkazişdagi uşlanişlarning örnini qoplolmaydi.  

Mutaxassislarning baholaşiça, xom aşyo yetkazilişi töxtab qolişi sababli kompaniya har kuni 55 mln dollargaça zarar köradi.