Kanada boş vaziri Jastin Tryudo mamlakat parlamentining quyi palatasidagi nutqida Kanada hukumati 1939 yilda natsistlar Germaniyasidan “Sent-Luis” kemasida kelgan yahudiy qoçqinlarni qabul qilişdan boş tortgani uçun uzr söradi.

“Bugun men quyi palataga Kanada yuz ögirgan yahudiy qoçqinlardan keçikkan uzrni söraş uçun keldim. Uşbu uzrni keltirgan holda, men tariximizning bu oğriqli bobiga oydinlik kirita olişimizga va bu saboq heç qaçon unutilmasligi borasida qayğurişimizga umid qilaman. Davlatimizda yoki butun jahonda antisemitlik, ksenofobiya va adovatga joy yöqdir”, deb aytgan Tryudo. 

1939 yil mayida 930 yahudiy qoçqin “Sent-Luis” kemasida natsistlar ta'qibidan qoçiş maqsadida Germaniyadan Kubaga yöl olgan. Ular Kubada xavfsiz şaroitda AQŞ vizasi olişni kutib turişmoqçi bölişgan. Biroq Kuba, Lotin Amerikasining bir qator davlatlari, AQŞ va Kanada ularni qabul qilişni istamagan va kema Yevropaga qaytib ketgan. Kemadagilar Yevropaning boşqa davlatlarida qönim topişgan. Ularni Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya va Gollandiya qabul qilgan.