Özbekiston Migratsiya agentligi Germaniyaning Deutsche Bahn kompaniyasida quriliş mutaxassislari uçun böş iş örinlari mavjudligini eʼlon qildi.
Maʼlum qilinişiça, işga qabul qilingan mutaxassislarga oyiga 3 418,84 yevrodan boşlanadigan brutto iş haqi tölanadi. Bu soliqlar va majburiy ajratmalar uşlab qolinişidan oldingi summa hisoblanadi.
Şuningdek, iş vaqtidan taşqari, dam oliş va bayram kunlarida bajarilgan işlar uçun qöşimça haq tölanadi. Xodimlarga yiliga 30 kunlik haq tölanadigan taʼtil beriladi.
Kompaniya Germaniyada uy-joy topiş, röyxatdan ötiş va kasbiy malakani oşiriş masalalarida ham yordam körsatadi.
Nomzodlar uçun 8 oylik bepul nemis tili kursi taşkil etiladi. Maşğulotlar Toşkent şahrida ötkazilib, xarajatlar Deutsche Bahn tomonidan qoplanadi. Kurs yakunida iştirokçilar nemis tilidan B1 darajasidagi imtihonni muvaffaqiyatli topşirişi şart.
Böş iş örinlari quyidagi yönalişlarda taklif qilinmoqda:
Temiryöl platformalari, vokzallar va boşqa inşootlarni taʼmirlaş;
Ğişt teriş, betonlaş va quriliş işlarini bajariş;
Poydevorlar va yer osti inşootlarini quriş;
Burğilaş, qoziq qoqiş va ustunlarni örnatiş;
Oddiy geodezik ölçaş işlarini bajariş.
Nomzodlarga qöyiladigan asosiy talablar:
Quriliş sohasi böyiça kasbiy maʼlumotga ega böliş, amaliy texnik könikmalarni biliş, jismoniy mehnatga layoqatli böliş va jamoada işlay oliş talab etiladi.
Quriliş sohasida iş tajribasi hamda B toifali haydovçilik guvohnomasiga ega böliş ustunlik beradi.
Dastlabki ariza topşirişda nemis tilini biliş majburiy emas. Biroq Germaniyada iş boşlaş uçun B1 darajasidagi imtihondan ötiş zarur.
Nomzodlar maktab attestati va baholar ilovasi, mavjud diplomlar, rezyume, iş tajribasini tasdiqlovçi hujjatlar, pasport hamda mavjud bölsa, haydovçilik guvohnomasini taqdim etişi lozim.












