Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasi samolyoti Bengkulu şahridan havoga kötariliş vaqtida yoruğlik maçtasi bilan töqnaşib ketdi. Detik portalining ma'lum qilişiça, samolyotdagi 143 yölovçi va ekipajning 7 a'zosiga heç narsa qilmagan. 

Boeing 737-900 samolyoti harakatlaniş vaqtida noma'lum sabablarga köra çap qanoti bilan yoruğlik ustuniga tekkan, buning oqibatida qanot qisman deformatsiyalangan. Yölovçilar aeroport binosiga evakuatsiya qilingan, keyinroq ularga Jakartaga uçiş uçun boşqa samolyot berilgan. Ayni vaqtda voqea sababi aniqlaştirilmoqda.

29 oktabrda şu aviakompaniyaning Boeing 737 Max 8 samolyoti Jakartadan Pankalpinang şahriga parvoz bajarayotgan vaqtda halokatga uçragandi. U havoga kötarilgandan 13 daqiqa ötib noma'lum sabablarga köra Yava dengiziga qulagan. Samolyotda bölgan barça 189 kişi halok bölgan. 

Lion Air Indoneziyadagi aviataşuvlarning taxminan 40 foizini bajaradi. 2017 yilda aviakompaniya 51 mln kişiga xizmat körsatgan. Aviakompaniya Malayziyaning AirAsia aviakompaniyasidan keyin Janubi-Şarqiy Osiyoda yirikligi böyiça 2-raqamli loukoster hisoblanadi. Uning parkida deyarli 300 ta samolyot bor bölib, ulardan aksariyatini Boeinğlar taşkil qiladi.