Joriy yilda qişloq xöjaligida ötkazilgan islohotlarning samarasi ölaroq, boqimanda qarzdorlik, debitor-kreditor qarzdorlik hajmi pasaygan. Boş vazir örinbosari, Moliya vaziri Jamşid Qöçqorov ötgan 2 yilda iqtisodiyotda olib borilayotgan islohotlar natijalari xususida söz yuritar ekan, ularning ijobiy natijasi joriy va kelgusi yil yakunida közga taşlana boşlaşini bildirdi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar qilmoqda. 

“Joriy yilda amalga oşirilgan iqtisodiy islohotlar haqida gapiradigan bölsak, ularni qisqaça yodga oliş maqsadga muvofiq bölar edi. Ötgan yil sentabrda valyuta liberalizatsiyasiga erişildi. Bu yildan qişloq xöjaligida islohotlar boşlanib, paxta va ğalla xarid narxlari sezilarli yuqori darajada oşirildi. Non narxi erkinlaştirildi. Qolaversa, noyabrning 15-sanasidan boşlab, energiya resurslarining narxlari oşirilyapti. 

Şulardan kelib çiqib, islohotlar natijalarining ayrimlari bu yil yakunida, ba'zilari kelgusi yili öz samarasini körsatadi. 

Misol uçun, qişloq xöjaligida narx-navo siyosatining ijobiy tomonga keskin özgarişi haqida gapiradigan bölsak, avvalambor, bu iqtisodiyotda hisob-kitoblar intizomining yaxşilanişiga olib keldi, korxonalarning boqimanda qarzdorligini kamayişiga asos böldi. Debitor-kreditor qarzdorlik körsatkiçlari pasaydi. Bu umuman mahalliy va davlat byudjyeti ijrosini ijobiy ta'minlaş imkonini berdi”, deb hisoblamoqda Moliya vaziri.