«Tolibon» harakati vakillari Afğoniston bilan töğridan-töğri muzokaraga kirişişni istaşmaydi. Moskvada Afğoniston masalasida ötkazilgan maslahatlaşuvda iştirok etgan tolibonlar delegatsiyasi vakili Muhammad Abbos Stanakzay tinçlik böyiça muzokaralar faqat AQŞ bilan ötkazilişini ma'lum qildi.

«Bu konferensiya töğridan-töğri muzokaralar masalasida emas», degan Stanakzay Moskvadagi uçraşuv yakunida jurnalistlarga.

«Biz Afğonistonning hozirgi hukumatini qonuniy deb tan olmaymiz. Şuning uçun biz ular bilan töğridan-töğri muzokara ötkazmaymiz. Kobul hatto bu konferensiyaga öz vakilini jönatmagan», deya qayd etgan u.

«Biz amerikaliklar bilan tinçlik muzokaralarida birinçi navbatda mamlakat hududidan xorijlik harbiylarni olib çiqib ketişni talab qilamiz», deya ma'lum qilgan Stanakzay.

Tolibonlar vakili «Moskva formati muvaffaqiyatli ötgani, bu uçraşuvda tolibonlar bilan hamfikr tomonlarning pozitsiyalari ma'lum bölgani» haqida gapirgan.

«Biz Rossiyaga bu taklif uçun minnatdorçilik bildiramiz va umid qilamizki, bu tadbir oxirgisi bölib qolmaydi», degan u.