Odatga köra, mehmonxonalar şinam xonalar va oynalardan oçiluvçi çiroyli manzaralar uçun özaro raqobatlaşadi, biroq Xitoyda qurib bitkazilgan Shimao InterContinental Wonderland mehmonxonasi ularning barçasiga qarşi bordi. Gap şundaki, Şanxay yaqinida joylaşgan mehmonxona taşlandiq karerda bunyod etildi.
Qurilişi 10 yil davom etgan mehmonxona mijozlar uçun öz eşiklarini 1 dekabrdan oçadi. Bu mehmonxonaning bir kişilik standart xonasi uçun 480 dollar tölaşga töğri keladi.
Mehmonxonaning 16 qavati yer ustida joylaşgan, 10 metr çuqurlikda esa akvarium körinişida yana 2 qavat mavjud. Mehmonxonaning yer usti qismida xonalar, restoran, basseyn va suv sporti turlari markazi joylaşadi.
Mehmonxona loyihasini Dubaydagi Burj Al Arab mehmonxonasini yaratgan Atkins britan firmasi işlab çiqqan. Arxitektorlar binoning ekologikligiga urğu berişgan. Jumladan, mehmonxonada quyoş va geotermal elektr stansiyalar işlaydi.
Uşbu mehmonxonada istovçilar beysjamping va qoyaga kötariliş bilan şuğullanişlari mumkin böladi.



















