Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning ma'lum qilişiça, turk hukumati Saudiya Arabistoni, AQŞ, Fransiya, Kanada, Germaniya va Buyuk Britaniyaga saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişi yozib olingan audioyozuvni taqdim etgan. Bu haqda Hurriyet Daily News naşri xabar qilmoqda.
«Kim söragan bölsa, ularning bari bu qotillik audioyozuvini tinglaşdi. Bizning razvedka taşkilotimiz heç narsani yaşirmadi. Yozuv - haqiqiy fojia. Hatto Saudiya razvedkasi xodimi ham bu yozuvni tinglaganida dahşatga tuşdi. U yigit, katta ehtimol bilan, geroin iste'mol qilganini aytdi, sababi faqatgina geroindagi odam şunday işni qilişi mumkin», - dedi Erdöğan jurnalistlarga.
Uning sözlariga köra, Turkiya Saudiya tomoni uşbu jinoyatga oydinlik kiritişini «sabr-toqat bilan kutmoqda».
Erdöğanning qöşimça qilişiça, jinoyatga aloqadorlar orasida saudiyalik 18 nafar yuqori mansabli amaldor bor, ular jurnalist öldirilgan kuni atayin Istanbulga yuborilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kanada boş vaziri Qoşiqçi işi böyiça audioyozuvlar borligini tasdiqlagandi.









