Prezident matbuot xizmatiga köra, Şavkat Mirziyoyev 29-oktyabr kuni Turkiy davlatlar taşkiloti sammiti doirasida EKSIM Holding kompaniyasi boşqaruv kengaşi raisi Ebubekir Tivniklini qabul qildi.

Muloqotda qayta tiklanuvçi energetika, geologiya va toğ-kon sanoati, infratuzilma hamda oziq-ovqat sanoati sohalaridagi loyihalarni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar mamlakatda yangi elektr uzatiş tarmoqlarini quriş va geologiya yönalişidagi istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan ham fikr almaşdi.

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston va Turkiya örtasidagi hamkorlik barça yönalişlarda izçil rivojlanib borayotganini qayd etdi.

















