Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2018-2019 yillarda Xorazm viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjatda qayd etilişiça, hududni rivojlantirişda bir qator tösiqlar va kamçiliklar mavjud. Xususan, viloyatda tabiiy mineral xom-aşyo resurslarning mavjud emasligi, sanoat muhandisligiga oid intellektual qobiliyati yuqori bölgan mutaxassislarning tarqoqligi, ularni bir joyda birlaşmaganligi, jahon andozalarida işlovçi texnologiyalarning keltirilmaganligi xom-aşyo resurslari talab etilmaydigan innovatsion işlanmalar hayotga tatbiq etilmasligiga sabab bölmoqda.
Şuningdek, sanoat sohasini rivojlantiriş böyiça bir qator imtiyozlar va preferensiyalar, zarur şart-şaroitlar yaratib berilgan bölişiga qaramasdan tijorat banklari, soliq idoralari va boşqa tegişli taşkilotlar tomonidan yetarli darajada tarğibot işlari olib borilmayotganligi sababli mavjud salohiyatdan yetarliça foydalanilmayapti.
Hujjat bilan Xorazm viloyatini 2018-2019 yillarda rivojlantirişning asosiy ustuvor yönalişlari qilib quyidagilar belgilanişi mumkin:
sanoat sohasida yengil sanoat yönalişini rivojlantiriş hisobiga paxta tolasini çuqur qayta işlaş va undan tayyor mato, gazlama va trikotaj mahsulotlarini işlab çiqariş, meva-sabzavot, göşt va sut mahsulotlarini qayta işlaş, elektrotexnika, avtomobilsozlik va qişloq xöjaligi maşinasozligi hamda kimyo sanoati sohalarini rivojlantiriş, sanoatda innovatsion işlanmalarni keng joriy qiliş;
qişloq xöjaligida meva-sabzavotçilikni rivojlantiriş, intensiv boğlar, zamonaviy issiqxonalar va tutzorlar taşkil qiliş hamda parrandaçilik va baliqçilikni intensiv usullarda rivojlantiriş;
xizmatlar sohasida turistik xizmatlarni diversifikatsiyalaş, yangi turizm yönalişlarini rivojlantiriş, xususiy tibbiyot xizmatini rivojlantiriş, davlat-xususiy şerikçilik asosidagi maktabgaça ta'lim muassasalarini taşkil qiliş.
Xorazm viloyatini 2018-2019 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi:
2018-2019 yillarda Xorazm viloyatini kompleks rivojlantirişning maqsadli parametrlari;
sanoat, xizmat körsatiş va qişloq xöjaligi sohasidagi investitsiya loyihalarining tumanlar kesimida yiğma jadvali va manzilli röyxati;
tarmoq korxonalari tomonidan amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;
yengil sanoat yönalişida amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;
göşt, sut va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta işlaş böyiça amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;
issiqxonalar böyiça amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;
baliqçilikni rivojlantiriş böyiça amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;
turizm sohasini rivojlantiriş böyiça amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;
töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar iştirokida amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;
töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar iştirokida amalga oşiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;
qurilişi tugallanmagan, böş turgan noturar bino va inşootlar, foydalanilmayotgan işlab çiqariş maydonlari negizida amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;
barça toifadagi böş turgan obektlar negizida amalga oşiriladigan investitsiya loyihalari böyiça çora-tadbirlar;
soğliqni saqlaş sohasidagi xususiy klinikalarni rivojlantiriş böyiça amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;
maktabgaça ta'lim muassasalari böyiça davlat-xususiy şerikçilik asosida amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;
ta'lim muassasalari, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport obektlari hamda boşqa yönalişdagi obektlarni quriş, rekonstruksiya qiliş va mukammal ta'mirlaş böyiça çora-tadbirlar;
bandlik darajasini oşiriş, quriliş, ekologiya, turizm va boşqa sohalarda amalga oşiriladigan işlar böyiça çora-tadbirlar;
yöl-transport infratuzilmasini takomillaştiriş, aloqa tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş hamda aholining yaşaş şaroitlarini yaxşilaş böyiça çora-tadbirlar;
irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxşilaş böyiça çora-tadbirlar;
respublika darajasida hal qilinişi lozim bölgan muammolarni bartaraf etiş böyiça çora-tadbirlar rejasi tasdiqlanişi mumkin.
Xorazm viloyati hokimligi:
Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, tijorat banklari, loyiha taşabbuskorlari bilan birgalikda Dasturning sözsiz bajarilişini hamda bu borada investitsiya loyihalarining öz muddatida va sifatli amalga oşirilişini, işlab çiqarişning möljallangan hajmlari özlaştirilişini va yangi iş örinlari taşkil etilişini ta'minlaydi;
muammoli masalalarni har haftada joyiga çiqqan holda örganib boriş, ularni tezkorlik bilan hal etiş böyiça amaliy çoralar köradi;
tegişli vazirlik, idora va taşkilotlar bilan birgalikda Dastur doirasida loyiha taşabbuskorlariga yer uçastkalarini ajratiş böyiça hujjatlarni tayyorlaş va belgilangan tartibda ular nomiga rasmiylaştiriş uçun Xorazm viloyatining tegişli tuman (şahar) hokimligiga kiritilişini, şuningdek Davlat xizmatlari agentligi orqali obektlarda quriliş-montaj işlarini olib borişga ruxsatnomalar berilişini ta'minlaydi.












