San’atbek Salayev Xorazm viloyati hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimini tark etdi.
U 2018-yildan buyon viloyat hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
Uning örniga Şerzod Berdiyev Xorazm viloyati hokimining yangi örinbosari etib tayinlandi.

Berdiyev uşbu tayinlovga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan.
Şuningdek, Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimi Ruslan Örazbayev ham işdan olingan. U tumanga 2024-yil avgustidan buyon rahbarlik qilayotgandi.
Uning örniga Odilbek Artiqov Gurlan tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

U hozirga qadar Özbekiston mahallalar uyuşmasi Xorazm viloyati boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan.








