Özbekistonda qurilgan birinçi pulli yöl – 35 kilometrlik Urganç–Xiva trassasi qiymati 150 mln dollarni taşkil etdi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimining birinçi örinbosari Anvar Davletov maʼlum qildi.
U Mustaqillik bayrami arafasida davlat rahbari iştirokida ötkazilgan yangi obyektlarni işga tuşiriş marosimida yangi magistralning boşlanğiç qismidan turib, teleköprik orqali iştirok etdi.
“Mana bugun biz 150 mln dollar investitsiya kiritilişi hisobiga amalga oşirilgan Urganç–Xiva birinçi pulli yölining topşiriliş jarayonida turibmiz, hurmatli prezident”, – dedi Davletov.

Joriy yil fevral oyida – uşbu pulli yöl qurilişi boşlangan paytda rasmiylar loyihaning umumiy qiymati 120 mln dollar ekanini maʼlum qilgandi. Endi esa, loyihalaş işlari bilan parallel ravişda olib borilgan quriliş işlari davomida loyiha qiymati 25 foizga qimmatlaşgani oydinlaşdi.
Fevral oyidagi rasmiy xabarda yangi magistral uçun 17 ta köprik, 8 ta yöl ötkazgiç, 1 ta tunnel va 5 ta maxsus ötiş joyi hamda suv ötkaziş inşootlari barpo etilişi aytilgan edi. Quriliş yakunlangaç esa, kuni keça berilgan rasmiy axborotda, 15 ta köprik (dastlabki xabardagidan ikkitaga kam), 8 ta yöl ötkazgiç, 1 ta yer osti tunneli va boşqa infratuzilma obyektlari qurib bitkazilgani maʼlum qilindi.
Maʼlumot uçun, loyiha buyurtmaçisi – Avtomobil yöllari qömitasi huzuridagi direksiya bölib, pudrat işlarini ham qömita tasarrufidagi taşkilotlar bajardi. Loyihaning moliyalaş manbalari oçiqlanmagan.
Avvalroq 35 kilometrlik yöl uçun yengil avtomobillar tölovi 25 ming söm, 28 kilometrlik qisqaroq masofa tölovi esa 20 ming söm deb eʼlon qilingandi.
Özbekistonda loyihalaş va qurilişni parallel olib boriş amaliyoti özgaradi

















