AQŞ XAMAS yetakçisi Solih al-Aruriy va Livanning “Hizbulloh” harakati rahbarlari Halil Yusuf Mahmud Harb va Hotam Ali Tobotoy haqidagi axborot uçun 5 mln dollar mukofot puli taklif qildi. Bu haqda AQŞ davlat departamenti e'lon qilgan.  

Ta'kidlanişiça, al-Aruriy XAMAS siyosiy byurosi rahbari örinbosari va harakatning jangovar qanoti “Izzidin al-Qassa” brigadasi asosçilaridan biri hisoblanadi. AQŞ davlat departamenti fikriça, al-Aruriy XAMASning Iordan daryosining çap qirğoğidagi harbiy operatsiyalarini moliyalaştirgan va boşqargan hamda bir neçta terakt va odamlar öğirlanişiga aloqador.  

2017 yilda al-Aruriy 2014 yil 12 iyunda Ğarbiy qirğoqda uç isroillik ösmirning öğirlanişi va öldirilişi uçun XAMAS javobgar ekanligini e'lon qilgan.

Halil Yusuf Mahmud Harb “Hizbulloh” harakati boş kotibi Hasan Nasrullohning maslahatçisi hisoblanadi. Davlat departamenti fikriça, u harakatning Falastindagi va Yaqin Şarq davlatlaridagi harbiy operatsiyalariga qömondonlik qilgan va ularni nazorat qilgan.

Hotam Ali Tobotoy esa “Hizbulloh”ning harbiy yetakçilaridan biri bölib, harakatning Suriya va Yamandagi maxsus kuçlariga qömondonlik qilgan. Davlat departamenti fikriça, bu kuçlar mintaqadagi vaziyatning barqarorsizlaşuviga olib kelgan. 

Ta'kidlanişiça, ikki guruh ham Erondan qurol va moliyaviy kömak oladi. Bu guruhlar davlat departamenti tomonidan 1997 yilda xorijiy terrorçilik taşkilotlari, 2001 yilda esa jahon terrorçilik taşkilotlari röyxatiga kiritilgan. 

AQŞ 13 noyabrda “Hizbulloh” yetakçisining öğli Javod Nasrullohni hamda Ğazo sektoridagi “Mujohidlar brigadasi” guruhi va yana 4 kişini sanksiyalar röyxatiga kiritdi.