Rossiya foydasiga josuslik qilişda gumonlanib qölga olingan avstriyalik iste'fodagi harbiy davlat sirlarini sotganini inkor etmoqda. Bu haqda Kronen Zeitung naşri ayblanuvçining advokati Mixael Xoferga asoslangan holda xabar bermoqda.

«Mijozim meni davlat sirlarini sotmaganiga işontirdi. U özini josus deb hisoblamayapti», — degan u. Xofer öz mijozi bunday ma'lumotlarni oliş imkoniyatiga ega bölmaganini qöşimça qilgan.

Bundan taşqari, gumonlanuvçi 13 noyabr kuni sud uni hibsga olmaslikka qaror qilganidan mamnun bölgan. Sudya bu şaxs atrofdagilarga xavf tuğdirmayotgani, uning yaşiriniş ehtimoli yöqligini inobatga olgan holda qaror çiqargan. Hozirça töliq ismi oşkor etilmayotgan harbiy (uni M. deb ataşmoqda) ozodlikda qolmoqda, u har kuni politsiyaga kelib, röyxatdan ötişi kerak. Agar u politsiyaga kelmasa, şu zahoti qölga olinadi.

Bundan avvalroq 70 yoşli bu sobiq harbiy öta kamtar yaşaşi, maşinasi ham, döstlari ham yöqligi ma'lum qilingandi.

Ungaça Avstriya hukumatiga Rossiya foydasiga josus qilgan avstriyalik harbiy haqidagi ma'lumotni Buyuk Britaniya tomoni bergani xabar qilingandi.

Avstriya hukumati 9 noyabr kuni Rossiya foydasiga josuslik qilişda gumonlangan şaxsni qölga olgandi. OAV ma'lumotiga köra, u 1988 yilda Tehronda ekanida Rossiya razvedkasi tomonidan yollangan.