Avstriya hukumati mamlakatda majburiy harbiy xizmat tizimini isloh qiliş böyiça kelişuvga erişdi. Bu haqda 27 iyul kuni mamlakat rasmiylari ma’lum qildi.

Uzoq davom etgan muzokaralardan söng Avstriya Xalq partiyasi (ÖVP), Sotsial-demokratik partiya (SPÖ) va liberal Neos partiyasidan iborat hukmron koalitsiya harbiy xizmat muddatini uç oyga uzaytirişga kelişib oldi.

Dala maşğulotlari majburiy böladi

Islohotga muvofiq, çaqiriluvçilar avval olti oylik bazaviy harbiy tayyorgarlikdan ötadi. Şundan söng ular uçun qöşimça majburiy dala maşğulotlari joriy etiladi.

Bu maşğulotlarni zaxira qöşinlari tarkibida xizmat qiluvçilar ön yil davomida istalgan vaqtda ötaşi mumkin böladi.

Hukumat ta’kidlaşiça, taklif etilayotgan bosqiçma-bosqiç tizim ekspertlar komissiyasi tavsiyalariga asoslangan.

Harbiy xizmat jozibadorligi oşiriladi

Islohot doirasida harbiy xizmatni yoşlar uçun yanada jozibador qiliş çoralari ham közda tutilgan.

Xususan, harbiy xizmatçilarga ta’til kunlari berilişi rejalaştirilmoqda. Şuningdek, xizmat davrida tölanadigan oylik nafaqa 1 000 yevrogaça oşiriladi.

Kansler: Yevropada barqaror tinçlik haqidagi orzu parçalandi

Avstriya kansleri Kristian Ştokerning ta’kidlaşiça, mamlakat mudofaa salohiyatini kuçaytiriş zarurati Yevropa xavfsizlik muhitidagi özgarişlar bilan boğliq.

U Rossiyaning Ukrainaga qarşi boşlagan uruşi, kiberhujumlar, gibrid tahdidlar va muhim infratuzilmaga qarşi xavflar xavfsizlik siyosatiga yangiça yondaşuvni talab qilayotganini aytdi.

«Yevropada barqaror tinçlik haqidagi orzu Rossiya agressiyasi boşlanganidan keyin parçalandi», - dedi kansler.

Uning sözlariga köra, faqat yangi harbiy texnika sotib olişning özi yetarli emas. Favqulodda vaziyatlarda harbiylar undan samarali foydalanişi uçun amaliy tayyorgarlik ham kuçli bölişi lozim.

Qonun parlamentda uçdan ikki qism ovoz bilan qabul qilinişi kerak

Endi hukumat parlamentdagi Avstriya Ozodlik partiyasi (FPÖ) va «Yaşillar» partiyasining qöllab-quvvatlovini olişga harakat qiladi.