Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Soğliqni saqlaş vazirligi, Içki işlar vazirligi, Oliy sud, Boş prokuraturaning “Transport vositalari haydovçilarining mast holatda ekanligini aniqlaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qaror loyihasi joylaştirildi.
Nizomga köra, transport vositalari haydovçilarining alkogolli içimliklar ta'siridan mast holatda ekanligini aniqlaş böyiça tekşiruv Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tekşirilgan, Özbekiston standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligi tomonidan sertifikatlangan transport vositasi haydovçisi tomonidan havoga çiqarilgan etanol buğlarini aniqlovçi va tekşiruv natijalarini qoğozda aks ettiruvçi maxsus texnik vosita – alkotester yordamida amalga oşiriladi.
Transport vositalari haydovçilarining giyohvandlik vositalari ta'siridan yoki özgaça tarzda mast holatda ekanligini aniqlaş böyiça tibbiy tekşiruv bevosita DYHXX xodimlari iştirokida tuman va şahar soğliqni saqlaş bölimi mas'ul xodimlari tomonidan ötkaziladi.
Quyidagilar transport vositalari haydovçilarining alkogolli içimliklar, giyohvandlik vositalari ta'siridan yoki özgaça tarzda mast holda ekanligini aniqlaş uçun tekşiruv ötkazişga asos böladi:
haydovçining oğiz böşliğidan alkogolli içimlikning hidi kelişi;
haydovçi bir holatda töğri tura olmasligi (çayqalib turişi);
haydovçi nutqining buzilganligi;
haydovçi qöl barmoqlarining qaltiraşi;
haydovçi yuz terisi rangining sezilarli özgarganligi.
Transport vositalari haydovçilarining alkogolli içimliklar ta'siridan mast holatda ekanligini aniqlaş DYHXX xodimi tomonidan texnik vosita yordamida qoidabuzarlik yuz bergan joyning özida amalga oşiriladi.
Tekşiruv oldidan DYHXX xodimi transport vositasi haydovçisini texnik vositaning işlaş tartibi bilan taniştiradi, zarur hollarda haydovçining talabiga asosan texnik vositaga tegişli hujjatlarni körsatadi.
Tekşiruv kamida ikki nafar xolis iştirokida amalga oşiriladi, DYHXX xodimi tomonidan kuzatuv kamerasi (body camera)dan foydalangan holatda amalga oşiriladigan tekşiruvlar bundan mustasno.
Tekşiruv jarayonida DYHXX xodimi transport vositasi haydovçisi va boşqa fuqarolar bilan muloqotda xuşmuomala, ularga nisbatan xatti-harakatlari tuşunarli va qonun talablari asosida bölişi, şuningdek sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya etişi lozim.
Tekşiruv ötkazişda DYHXX xodimi transport vositasi haydovçisi tomonidan çiqarilgan havo namunasini texnik vositani qöllaş yöriqnomasiga asosan oladi.
Transport vositasi haydovçisi tomonidan çiqarilgan havodagi etanol buğlari konsentratsiyasi körsatkiçi 0,135 milligramm va undan yuqori bölgan hollarda DYHXX xodimi haydovçiga nisbatan alkogolli içimlik iste'mol qilganligi fakti yuzasidan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştiradi.
Transport vositasi haydovçisi texnik vosita yordamida tekşiruvdan ötişdan boş tortgan yoxud unda texnik vosita orqali tekşiruv natijalariga e'tiroz mavjud bölgan hollarda DYHXX xodimi transport vositasini boşqarayotgan şaxsning mast holatda ekanligini aniqlaş maqsadida tibbiy tekşiruvdan ötkaziş uçun tuman va şahar soğliqni saqlaş bölimiga olib boradi.
Transport vositasi haydovçisi tekşiruvdan ötişdan böyin tovlagan taqdirda DYHXX xodimi unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 136-moddasiga muvofiq ma'muriy bayonnoma rasmiylaştiradi.
Texnik vosita yordamida ötkazilgan tekşiruv natijalariga asosan, transport vositasi haydovçisi alkogolli içimlik ta'siridan mast holatda ekanligi aniqlanmagan, biroq uning giyohvandlik vositalari ta'siridan yoki özgaça tarzda mast holatda ekanligi belgilari mavjud bölgan taqdirda şaxs tibbiy tekşiruvga olib borilişi lozim.
Transport vositasi haydovçisining mast holatda ekanligi texnik vosita yordamida yoki tuman va şahar soğliqni saqlaş bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tekşiruv natijalari asosida tasdiqlangan taqdirda DYHXX xodimi tomonidan unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 131-moddasiga muvofiq ma'muriy bayonnoma rasmiylaştiriladi.
Ma'muriy bayonnomaga tekşiruv texnik vosita yordamida ötkazilgan taqdirda tekşiruv natijalari böyiça uşbu vositadan çop etilgan ma'lumot, tuman va şahar soğliqni saqlaş bölimi xodimlari tomonidan tibbiy tekşiruv ötkazilganda esa tibbiy xulosa ilova qilinadi.












