Sayt orqali «Hokimlik va IIB nega fuqaroga öz qonuniy mulkini olişga tösqinlik qilmoqda?» sarlavhasi ostidagi maqolada bir tadbirkorning muammolari bayon etilgandi. Unda auksion orqali sotib olingan mol-mulklarni Andijon viloyati, Xonobod şahar «Koinot» köçasi 41-uy manzilida joylaşgan «Fozilmon Nasilli  Parranda» MÇJga tegişli bölgan parrandaçilik fabrikasi hududidan olib ketilişiga hokimlik va Içki işlar boşqarmasi xodimlari tomonidan tösqinlik qilinayotgani bayon etilgandi.

Yana ham aniqroq aytadigan bölsak, Toşkent şahar xöjalik sudining 2014 yil 14 sentyabrdagi hal qiluv qarori bilan Toşkent şahar, Mirzo Uluğbek tumanida röyxatdan ötgan Andijon viloyati, Xonobod şahar «Koinot» köçasi 41-uy manzilida joylaşgan «Xonobod broyler» MÇJ bankrot deb e'tirof etilib, tugatişga doir yurituv boşlangan.

Özbekiston Respublikasining «Bankrotlik töğrisida»gi Qonuni talablariga muvofiq, qarzdorga tegişli bölgan köçar mol-mulklar «Universal auksion invest» MÇJ tomonidan 2017 yil 13 yanvar kuni ötkazilgan oçiq auksion savdolar orqali Azizbek Turğunov va boşqalar sotib oladi.

Keyin esa, xokimlik va içki işlar boşqarmasi xodimlari fuqaroning auksion orqali sotib olgan uşbu mol-mulklarini olib ketişiga qarşilik qiladi.

Kuni keça mazkur murojaat taqdiri bilan qiziqqanimizda, fuqaro Azizbek Turğunov navbatdagi muammoga duç kelganiga guvoh böldik. Gap şundaki, endi auksionda sotib olingan mol-mulklarning olib ketilişiga «Kapitalbank» tomonidan tösqinlik qilinmoqda ekan. Andijonga safarimiz çoğida mulk egasi nomidan iş yuritayotgan fuqaro Husanboy Teşaboyev bilan uçraşdik va öşa parrandaçilik fabrikasi hududidagi MÇJda böldik.

Youtube'da köriş

Mover.uz'da köriş

https://mover.uz/video/embed/rBT8L51m/

Mazkur murojaat yuzasidan «Kapitalbank» bilan boğlanişga harakat qildik. Biroq urinişlarimiz zoye ketdi. Şundan söng Toşkentga qaytdik va «Kapitalbank»ning  respublika boşqaruvi ofisida böldik. Afsuski, bankning respublika boşqaruvi markaziy apparatida ham biz bilan suhbatlaşadigan, holatga nisbatan munosabat bildiradigan bir mard topilmadi.

Özbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot xizmatining kömagi ölaroq «Kapitalbank» xodimi bilan telefon orqali muloqot qilişga muvaffaq böldik. Özini bank Respublika boşqaruvining yuridik xizmati xodimi deya taniştirgan şaxs uşbu holat böyiça bank tomonidan fuqarolik sudiga da'vo arizasi kiritilganini aytdi-yu, da'vo mazmuni va uning maqsadini bayon etişni istamadi.

Uning da'vo arizasidan nusxa berişi haqidagi va'dasi esa va'daligiça qoldi.  Keyinçalik ma'lum bölişiça, murojaat yuzasidan «Kun.uz» muxbiriga bank mutasaddilari mol-mulklar Azizbek Turğunovga tegişli ekani sud qarori bilan tasdiqlangan taqdirda olib ketişi mumkinligi ma'lum qilingan.

Vaholanki, «XONOBOD BROYLER» mas'uliyati çeklangan jamiyatiga tegişli bölgan 2017 yil 16 yanvar kuni fuqaro Turğunov Azizbek Murotjon öğliga sotilgan mulklar infrastruktura obektlari hisoblanişi hamda auksion savdolari noqonuniy ötkazilgani haqidagi da'vo Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2017 yil 16 iyun kungi hal qiluv qarori bilan rad etilgan. Hozirda mulkning qonuniy egasi «XONOBOD BROYLER» MÇJ ekani hamda auksion oldi-sotdi şartnomasi qonuniy kuçda ekani şu sudning hal qiluv qarori bilan öz tasdiğini topgan bölişiga qaramay, bu holat «Kapitalbank» tomonidan  negadir inobatga olinmayapti.

Bu holatga «Kapitalbank»ning nima daxli bor deysizmi?

«Xonobod» oçiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining 2009 yil 14 mart kungi navbatdan taşqari umumiy yiğilişi qarori hamda Qörğontepa tuman hokimligi Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan ötkaziş va hisobga qöyiş inspeksiyasining yuridik şaxsni davlat röyxatidan ötkazilgani töğrisidagi 2010 yil 30 iyul kunidagi berilgan 3514 reyestr raqamli guvohnomasiga asosan «Xonobod broyler» mas'uliyati çeklangan jamiyatiga aylantirilgan bölib, jamiyatga tegişli bölgan parrandaçilik kompleksining 142 turdagi bino inşootlari:

1) 10.02.2012 yildagi №02 oldi-sotdi şartnomaga asosan «VET KORM AGRO» MÇJga 4.970.000.000 sömga sotilgan.

2) Uşbu mulklar «XONOBOD BROYLER» mas'uliyati çeklangan jamiyati, «VET KORM AGRO» MÇJ hamda ATB «Kapitalbank» örtasidagi 31.10.2013 yildagi №2013/10007 sonli kelişuvga asosan «XONOBOD BROYLER» mas'uliyati çeklangan jamiyatining ATB «Kapitalbank» oldidagi 3.3 mlrd söm qarzi evaziga «VET KORM AGRO» MÇJdan ATB «Kapitalbank» balansiga olib qöyilgan.

3) Şundan keyin uşbu 142 turdagi bino inşootlar ATB «Kapitalbank» bilan «Xonobod Imkon Parranda» MÇJ örtasidagi 17.11.2014 yil №17/11 oldi-sotdi şartnomaga asosan «Xonobod Imkon Parranda» (uning huquqiy vorisi «Fozilmon Nasilli  Parranda» MÇJ)ga 3.783.672.826 sömga sotilgan.

4) «Fozilmon Nasilli  Parranda» MÇJ yuqoridagi 3.783.672.826 söm mablağni tölamagani sababli bu mulklar «Fozilmon Nasilli  Parranda» mas'uliyati çeklangan jamiyatining 18.06.2018 yildagi №01 sonli xatiga asosan ATB «Kapitalbank» egaligiga qaytarib olingan.

Qolgan barça köçar mulklar (şu jumladan, kompleks hududidagi beton simyoğoçlar va boşqalar), avtotransportlar va boşqa mulklar «XONOBOD BROYLER» mas'uliyati çeklangan jamiyati ixtiyorida qolgan bölib, bu mulklar bankrotlik işi doirasida belgilangan tartibda xatlovga olinib, ayrimlari auksion savdolari orqali bir neçta xaridorga sotilgan.

Guvohi bölganingizdek, mazkur holat borasida «Kapitalbank» biror izoh berişni istamadi. Mijozlar işonçiga kirgan bank rahbarlarining maqsadi nima özi? Özganing mol-mulklariga ega çiqişmi? Yeng içida, imi-jimida birovning mol-mulkini özlaştirib olişmi? Uşbu savollarga «Kapitalbank»ning Respublika boşqaruvidan munosib javob kutib qolamiz.

Xurşid Daliyev


Raddiya

Avval xabar berganimizdek «Kapitalbank» ATB Boş ofisi tahririyatni «Kapitalbank» va tadbirkor mojarosi. Kim haq va kim nohaq?» nomli maqola böyiça bankning işçanlik obrösiga putur yetkazganlik xususida fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudiga da'vo ariza kiritgan edi.

2019 yilning 20 iyun kuni mazkur sud öz işini yakunladi va tegişli hal qiluv qarorini qabul qildi.

Unga köra, Kun.uz tahririyati zimmasiga «Kapitalbank» va tadbirkor mojarosi. Kim haq va kim nohaq?» nomli maqola böyiça quyidagi mazmunda raddiya e'lon qiliş majburiyati yuklandi:

«Kapitalbank» va tadbirkor mojarosi. Kim haq va kim nohaq?» nomli maqola böyiça raddiya:

1. «Gap şundaki, endi auksionda sotib olingan mol-mulklar olib ketilişiga «Kapitabank» tomonidan tösqinlik qilinmoqda»;

2. «Mazkur murojaat yuzasidan «Kapitalbank» bilan boğlanişga xarakat qildik. Biroq, urinişlarimiz zoye ketdi. Şundan söng Toşkentga qaytdik va «Kapitalbank»ning respublika boşqaruvi ofisida böldik. Afsuski, bankning respublika boşqaruvi markaziy apparatida ham biz bilan suxbatlaşadigan, holatga nisbatan munosabat bildiradigan bir mard topilmadi»;

3. «Guvohi bölganingizdek, mazkur xolat borasida «Kapitalbank» biror izoh berişni istamadi. Mijozlar işonçiga kirgan bank rahbarlarining maqsadi nima özi? Özganing mol-mulklariga egşa çiqişmi? Yeng içida, imi-jimida birovning mol-mulkini özlaştirib olişmi?»

Şuningdek, sud natijasiga köra, da'vo arizasining maqola e'lon qilinişi natijasida «Kapitalbank»ning boş ofisi boy bergan 164 909 589 (bir yuz oltmiş tört ming töqqiz yuz töqqiz ming beş yuz sakson töqqiz) söm foydani tahririyatdan undiriş haqidagi qismi rad etildi va bankdan 6.596.383 söm davlat boji undirilişi belgilandi.