«Los-Anjyeles Gelaksi» hujumçisi Zlatan Ibrahimoviç «Mançester Yunayted» yarimhimoyaçisi Pol Pogbaning tanqidçilariga murojaat yölladi. Uning sözlarini FourFourTwo naşri çop etgan.

«Pogbaga nisbatan hatto kulgili tanqidlar ham yangramoqda. Uni hamma ayblayapti. Kimdir qizil çiroqda yölni kesib ötsa ham aybdor – Pogba. Nimadir öxşamay qolsa, bu yana Pogbaning aybi.

Bunday gaplarni aytayotgan odamlar şunçaki e'tiborni öziga qaratmoqçi. Ularning bu qadar qizişib ketişlari yaramaydi. Oldin özlariga nazar solişlari va – bu ayniqsa, sobiq futbolçilarga tegişli – «Futbolçi sifatida nimaga erişdim özi» deb özlariga savol berişlari kerak. Çunki ularga qarşi öynab körganman, Pogbadan sezilarli ustun joylari yöq edi.

Bu sözlarim uçun uzrku-ya, ammo ularning bari tilini tiyib, öz işi bilan şuğullansin. Muhokamalar va e'tibor uçun ularga pul tölaşadi, lekin gapirganda ham faktlar bilan sözlaş kerak», - deb aytib ötgan Ibrahimoviç.