Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukoviç juma kuni Moskva şahridagi Sklifosovskiy nomidagi ilmiy tadqiqot instituti şifoxonasiga yotqizilgan. «KP» naşrining yozişiça, u umurtqasi va tizzasidan jarohatlangan. Klinikadagilar esa Yanukoviç vraç körigidan ötkazilganidan söng unga javob berilganini ta'kidlaşmoqda.
«KP» naşrining yozişiça, Yanukoviç şifoxonaga qimirlatmasdan keltirilgan. «360» telekanalining xabar berişiça, tez yordam klinikasiga keltirilgan bemorning pasport ma'lumotlari Ukrainaning sobiq yetakçisiniki bilan töliq mos keladi. U şifoxonada bir soat körikdan ötkazilgan va tizza paylariga qon töplanişi taşxisi qöyilgan.
«KP» ma'lumotlariga köra, şifokorlar siyosatçining umurtqa poğonasida ham jarohat topişgan. Taxmin qilinişiça, u tennis öynay turib jarohatlangan. Yanukoviç keltirilgan şifoxona bloki taşrifçilar uçun yopilgan, söngra u jonlantiriş bölimiga ötkazilib, keyinroq xususiy klinikaga yuborilgan.
Şifoxonaga tuşib qolgani bois Viktor Yanukoviç duşanba kuni Kiyev şahrining Obolon rayoni sudida davlatga xiyonat qiliş işi böyiça sönggi sözini aytiş uçun qatnaşolmaydi. Bu haqda TASS muxbiriga uning advokati Aleksandr Goroşinskiy xabar bergan.
«Odam şifoxonaga yotqizilganda sudda iştirok etolmaydi», — degan u himoyaçilar Yanukoviç sudda sönggi sözni aytib olişi uçun sud majlisini keyinroqqa qoldiriş masalasini kötarişlarini qöşimça qilgan.
Viktor Yanukoviç 2002–2005 va 2006–2007 yillarda Ukraina boş vaziri bölgan. Leonid Kuçma öz lavozimini tark etgaç, ilk marta 2004 yilda prezidentlik uçun kuraşib körgan. Ukraina MSKning dastlabki ma'lumotlariga köra, u raqibi Viktor Yuşçenkoni ortda qoldirgan, biroq ommaviy norozilik namoyişlaridan söng uçinçi tur ötkazilgan va unda Yanukoviç yutqazgan.
Biroq, 2010 yilda Yanukoviç prezidentlik saylovlarida ğolib bölişning uddasidan çiqadi. 2014 yilda Kiyevda bölib ötgan Yevromaydon namoyişlari va keyin davom etgan siyosiy inqiroz natijasida lavozimini tark etadi. 2014 yilning 23 fevralida u Qrim orqali Rossiyaga qoçib ötadi. Rossiya hududidan turib u «Ukraina aholisini himoya qiliş, mamlakatda qonuniylik, tinçlik, huquq-tartibot, barqarorlikni tiklaş uçun Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlaridan foydalaniş»ni sörab Vladimir Putinga murojaat qiladi.
Ukrainada Yanukoviç davlatga xiyonat, Ukraina davlat çegarasi va hududini özgartiriş maqsadida qasddan ğarazli xatti-harakatlar, tajovuzkor uruş olib borişda yordam berişda ayblanmoqda. Qoralovçilar uning uçun suddan 15 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosini söraşgan.












