Tojikiston parlamentining quyi palatasi bu hafta Tojikiston va Özbekiston örtasida 2018 yil mart oyida imzolangan, Duşanbe va Toşkentda ikki mamlakat elçixonalarini quriş uçun yer uçastkalarini özaro ajratiş töğrisidagi hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qilişi mumkin.

Özbekiston Tojikiston elçixonasi uçun Toşkent şahrining Şayxontohur tumani, Qozoğistonning Özbekistondagi elçixonasi yonidan bir gektar yerni quriliş uçun ajratmoqda, deb xabar berdi «AP» Tojikiston parlamentidagi manbaga asosan.

Öz navbatida, uning sözlariga köra, Tojikiston Özbekistonning Duşanbedagi elçixonasi qurilişi uçun Rossiya, Eron va Afğoniston elçixonalari yonidan 1 gektar yer ajratadi.

Yuqoridagi bitim bir neça kun oldin Özbekiston parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilindi.