Fransiyaning Societe Generale banki Vaşingtonning Kuba, Eron va Sudanga qarşi kiritgan sanksiyalari tartibini buzgani uçun AQŞga umumiy hisobda 1,34 mlrd dollar tölab beradi. Bu haqda AQŞ Federal zaxira tizimi ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga köra, FZT fransuz bankini “Kubaga qarşi sanksiyalarni buziş bilan boğliq xavfli va asoslanmagan operatsiyalar” uçun 81,3 mln dollarlik jarimaga tortgan. Şuningdek, bank Kuba, Eron va Sudanga qarşi sanksiyalarni buzganlik uçun javobgarlikka tortilmaslik maqsadida AQŞ moliya vazirligiga 53,9 mln dollar, adliya vazirligiga 717,2 mln dollar, Nyu-York ştati moliya xizmatlari departamentiga 325 mln dollar, Manxetten okrug prokurori idorasiga 162,8 mln dollar jarima tölaydi.    

AQŞ 1961 yilda Kuba AQŞ mulkini milliylaştirganiga javoban Gavana bilan  diplomatik aloqalarni uzgan. Şundan keyin Vaşington Kubaga qarşi savdo-iqtisodiy embargo kiritgan. Kuba hukumati ma'lumotlariga köra, AQŞ tomonidan kiritilgan blokada sababli ötgan davr içida Kuba iqtisodiyotiga 134,5 mlrd dollar zarar yetgan.  

AQŞning Eronga qarşi sanksiyalari 2-bosqiçda: 7 avgust va 5 noyabrda tiklandi. 

Sudanga qarşi 20 yildan köproq vaqt amal qilgan sanksiyalar 2017 yil oktabrda bekor qilingandi. Biroq Sudan hamon terrorçilikning asosiy homiylari röyxatida hisobda turadi.