AQŞ kelasi hafta mamlakat prezidenti Donald Tramp tomonidan Meksika bilan çegaraga yuborilgan qöşinlarni ortga qaytara boşlaydi. Bu haqda Politico AQŞ armiyasi general-leytenanti, janubiy çegaradagi amaliyotga rahbarlik qilgan Jyeffri Byukenenga asosan xabar berdi.

Çegaraga jami 5800 harbiy jönatildi. Byukenenning sözlariga köra, yaqin vaqt içida missiyasi tugaganlar, şu jumladan, muhandislik va logistika bölinmalari uylariga qaytadi.

Qayd etilişiça, barça harbiylar Rojdestvodan oldin öz uylariga qaytişlari kerak. Şuningdek, general Pentagon Içki xavfsizlik vazirligining migrantlar karvoni iştirokçilari bilan töqnaşuvlar yuz bersa, çegaraçilarga yordam körsatiş töğrisidagi sörovini rad etgan.