Turkiya va Rossiya prezidentlari Rajab Tayyip Erdöğan va Vladimir Putin iştirokida «Turk oqimi» gaz quvurining dengizdan ötgan birinçi tarmoği tantanali ravişda oçildi, deb xabar berdi RBK.
«Gazprom» yangi gaz magistralining suv ostidan ötgan qismi qurilişini yakunlamoqda. Gaz qazib oliş va uni yetkazib beriş oddiy iş emas, u şunçaki yerni öyib gaz qazib oliş emas, u yuqori texnologiyalarni qöllaş bilan boğliq, dunyodagi eng ekologik va talab katta bölgan dastlabki energiya körinişidir», — dedi Putin. U şuningdek, Turkiya Yevropaning jiddiy gaz xabiga aylanayotganini, bu uning geosiyosiy holatida aks etişini qöşib qöydi.
«Loyiha geosiyosiy jihatdan tarixiy ahamiyatga ega», — dedi Erdöğan. U gaz quvuri 2019 yilda foydalanişga tayyor bölişiga umid bildirdi. Magistral dengiz qismidan taşqari, Turkiya hududida ham qurilişi lozim.
Qora dengiz orqali Anapadan Turkiyagaça ötadigan «Turk oqimi» har biri yiliga 15,75 mlrd kub metr gaz ötkazadigan ikkita tarmoqdan iborat böladi. «Gazprom» şuningdek, Turkiyaning Gretsiya bilan çegarasida gaz xabi qurişni ham rejalaştirgan. Kompaniya 2018 yil iyunda gaz quvuri qurilişini 7 mlrd dollarga baholagandi.
«Turk oqimi»ning birinçi tarmoği Turkiya bozorini, ikkinçi tarmoği Janubiy va Janubi-Şarqiy Yevropani gaz bilan ta'minlaşi möljallangan.
«Turk oqimi» 2014 yil dekabrda «Gazprom» Bolgariya çiqib ketgani sababli qurişdan voz keçgan «Janubiy oqim» örniga qurilmoqda.
«Turk oqimi» qurilişiga AQŞ va Ukraina qarşi çiqmoqda. U AQŞ uçun Yevropaga siqilgan tabiiy gazni sotişda raqobatçi bölsa, Ukraina uçun uning hududidan ötadigan gaz tranziti miqdori kamayişiga va mos ravişda daromadlarning pasayişiga olib keladi.












