Shaxmat bo‘yicha G‘arbiy Osiyo chempionati. 4-tur yakunlandi
Toshkent shahrida shaxmat bo‘yicha G‘arbiy Osiyo chempionati davom etyapti. Musobaqada to‘rtinchi tur o‘z yakuniga yetdi.
Shahzod Islomov 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida 4 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Qiz bolalar o‘rtasida musobaqa aylanma shaklda bo‘lib o‘tyapti.
8 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida Usmonjon Nasullayev 3,5 ochko bilan turnir jadvalini boshqarmoqda. Bangladeshdan kelgan Manon Reja Nir xuddi shunday ochko bilan ikkinchi oraliq o‘rinda. Muhammadjon Erkinov 3 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. Qiz bolalar o‘rtasida qirg‘iz shaxmatchisi Ayjan Sezdbekova 4 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. O‘zbekistonlik shaxmatchilar Mubina Rashidovada 3 ochko, Mavluda Mahmudovada 2,5 ochko.
10 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida Bahrom Bahrillayev 4 ochko bilan yetakchi bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinlarda Akjol Rahmatullayev va Abdulbosit Sharifjonov. Qiz bolalar orasida Afruza Hamdamova 4 ochko bilan birinchi pog‘onada, keyingi o‘rinlardan Odina Olimova va Mumtozbegim Mansurova joy olgan (3 ochkodan).
12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar orasida Olmos Rahmatullayev va Sherzod Samandarov birinchi oraliq o‘rinni 3,5 ochko bilan bo‘lishib turibdi. Keyingi o‘rinda Fayzullo Halimjonov (3 ochko). Qiz bolalar o‘rtasida Mohinur Habibullayeva to‘rtinchi raundda Umida Omonovani mag‘lub etib, yetakchiga aylandi. Endi unda 3,5 ochko bor. Keyingi pog‘onalardan Umida Omonova, Maftuna Bobomurodova, qozog‘istonlik Aysha Alen 3 ochko bilan joy oldi.
14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida Davron Sharipov va Samandar Shermuhammadov 3,5 ochko bilan yetakchi. Hindistonlik Vrandesh Parexda 2,5 ochko. Qiz bolalar o‘rtasida qozog‘istonlik Kseniya Balabayeva va Yuliya Xegay 3,5 ochko bilan birinchi oraliq o‘rinni bo‘lishib turibdi. Uchinchi pog‘ona eronlik Homi Parnianda (3 ochko).
16 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida turkmanistonlik Ozod Nurmamedov 4-turdan so‘ng 3,5 ochko bilan yetakchi. Keyingi o‘rinlarda o‘zbekistonlik Temur Shernazarov (3 ochko) va qozog‘istonlik Abulmansur Abdulxayr (2,5 ochko). Qiz bolalar o‘rtasida turkmanistonlik Annago‘zal Mekanova 3,5 ochkoga ega. Undan keyin eronlik Sebt Rasul Saida Setora va Marjona Malikova bormoqda (3 ochkodan).
20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida o‘zbekistonlik mashhur shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev 3,5 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi pog‘onalarda hindistonlik Ragav Srivatshav va Muhammad Nubayrshoh Shayx 3 ochko bilan joy oldi. Qiz bolalar o‘rtasida hindistonlik Xarshita Guddanti va qozog‘istonlik Asal Serikbay 3 ochko bilan yetakchilikni bo‘lishib turibdi. Ulardan keyin Marjona O‘ktamova va Bahora Abdusattorova 2,5 ochko bilan bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston shaxmat bo‘yicha G‘arbiy Osiyo chempionatining birinchi kunida 10ta oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Mavzuga oid
22:13 / 24.04.2024
Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparov Rossiyada sirtdan hibsga olindi
23:47 / 01.04.2024
Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov dunyo reytingida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:48 / 21.03.2024
Shavkat Mirziyoyev grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning yutuqlarini e’tirof etdi
22:25 / 06.03.2024