26–27 sentyabr kunlari Samarqand şahrida Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti saylovi bölib ötadi.
Ovoz beriş jarayoni dunyoning 200 ga yaqin milliy şaxmat federatsiyalari vakillarini jamlaydigan taşkilot Boş assambleyasi doirasida ötkaziladi.
Uşbu saylov navbatdagi FIDE Kongressining asosiy voqealaridan biri bölib, 15–27 sentyabr kunlari Samarqandda ötkaziladigan 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasi bilan bir vaqtda bölib ötadi.
Samarqand ikki hafta davomida minglab sportçilar, rasmiy şaxslar va milliy federatsiyalar vakillarini birlaştirib, jahon şaxmat poytaxtiga aylanişi kutilmoqda.
2018-yildan beri federatsiyaga rahbarlik qilib kelayotgan va 2022-yilda qayta saylangan FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkoviç joriy yilning iyul oyida Yevropa Ittifoqi tomonidan unga nisbatan sanksiyalar joriy etilganidan söng öz vakolatlarini bajarişni vaqtinça töxtatgan edi. Prezident vazifasini bajariş FIDE rahbari örinbosari, beş karra jahon çempioni, hindistonlik şaxmatçi Vişvanatan Anand zimmasiga ötgan.
Ayni vaqtda saylovda iştirok etiş uçun uç nafar nomzod röyxatga olingan. Prezidentlik lavozimi uçun Qozoğiston şaxmat federatsiyasi prezidenti Timur Turlov (vitse-prezidentlikka nomzod – Vişvanatan Anand), germaniyalik tadbirkor Yan Xenrik Byuttner (britaniyalik şaxmat arbobi Malkolm Peyn) va Germaniyaning “WR Chess” şaxmat jamoasi asosçisi Vadim Rozenşteyn (singapurlik tadbirkor Gordon Tan) kuraş olib boradi.
FIDE nizomiga köra, prezidentni milliy şaxmat federatsiyalaridan taşkil topgan Boş assambleya saylaydi. Har bir federatsiya bitta ovozga ega böladi. Ovoz beriş yaşirin tarzda ötkaziladi va eng köp ovoz töplagan nomzod ğolib deb topiladi.













