Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Avtomobil yöllari qurilişi va foydalaniş sohasidagi işlarni taşkil etişning ilğor xorijiy usullarini jalb etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori loyihasi joylaştirildi.
Qaror loyihasida bildirilişiça, Özbekiston va Germaniyaning Roland Berger GmbH kompaniyasi respublikada yöllarning istiqboldagi rivojlanişi Kontseptsiyasini işlab çiqiş böyiça hamkorlik töğrisida dastlabki kelişuvga erişgan.
Bunda respublika hududida nemis kompaniyalari bilan avtomobil yöllari qurilişi va foydalanişda qöllaniluvçi zamonaviy quriliş materiallarini işlab çiqariş böyiça qöşma korxonalar taşkil etiş, xorijiy injiniring kompaniyalar bilan hamkorlikni yölga qöyiş, jumladan, avtomobil yöllari va sun'iy inşootlarni loyihalaştiriş sohasida aloqalar örnatiş, yöl infratuzilmasi obektlarini rivojlantiriş, landşaft dizayn zamonaviy elementlarini tatbiq etiş, avtomobil yöllariga tutaş hududlarni kökalamzorlaştiriş va obodonlaştirişda ilğor xorijiy tajribani qöllaş, avtomobil yöllari qurilişi va rekonstruksiyasi, şuningdek, yöl-foydalaniş korxonalari zamonaviy texnikasi bilan jihozlaş böyiça loyihalarni amalga oşiriş uçun xorijiy kredit taşkilotlari moliyaviy resurslarini jalb etiş nazarda tutilgan.
Qaror loyihasida körsatilişiça, Özbekiston kelgusi yilning yanvar oyi oxiriga qadar rivojlaniş konsepsiyasi ustida iş olib boriş uçun xorijiy maslahatçilarni jalb qiliş böyiça barça taşkiliy çora-tadbirlarni amalga oşiradi.
Şuningdek, hujjatga köra, sohani kadrlar bilan ta'minlaş masalasi hal qilinişi zarur. 2019 yil 1 martga qadar hukumatga Toşkent avtomobil yöllarini loyihalaştiriş, quriş va foydalaniş institutida mutaxassislar malakasini oşiriş hamda qayta tayyorlaş böyiça markazni taşkil etiş töğrisidagi takliflar kiritiladi.
Bundan taşqari, yöllar va infratuzilma qurilişiga yondaşuv ham özgarişi kerak. Hujjatga köra, 2019 yildan boşlab yöl xöjaligi sohasida quriliş-montaj işlarini bajariş va qabul qilib oliş böyiça yangi tartib tatbiq etilişi mumkin. Bunda işlar hajmi va sifati pudrat işlarini miqdor körsatkiçiga ötkaziş orqali belgilanadi.












