BMT Boş assambleyasining uçinçi qömitasidagi aksariyat davlatlar dehqonlar va qişloq xöjaligida işlovçi boşqa şaxslarning huquqlari haqidagi deklaratsiyani ma'qullaşdi.

Taşkilot matbuot xizmatining xabar qilişiça, hujjatni 119 ta davlat qöllab-quvvatlagan, 7 davlat qarşi çiqqan, 49 davlat betaraflik bildirgan.

Deklaratsiya loyihasidan iborat rezolyutsiya Boliviya delegatsiyasi tomonidan Kuba, Möğuliston, Nikaragua, Paragvay, Portugaliya, Ekvador va Janubiy Afrika bilan hammualliflikda kiritilgan.

Hujjatga köra, dehqonlar oçarçilik, noçorlik va töyib ovqat yemaslik, atrof-muhit holati yomonlaşişi va iqlim özgarişidan eng köp darajada aziyat çekadilar.

Deklaratsiyada qişloq hududlaridagi mavsumiy işçilar, jumladan mehnat muhojirlarining huquqlari haqida gapirilgan. Unda barça dehqonlar xavfsiz va munosib şaroitlarda mehnat qiliş huquqiga ega ekanliklari ta'kidlab ötilgan.