Toşkent şahar soğliqni saqlaş boş boşqarmasi mutaxassislari tomonidan Sergeli tumanida yaşovçi E.X. farzandining vafoti yuzasidan tekşiruv olib borildi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, tekşiruvlar davomida E.X.ning farzandiga emlaş töğri qilingani, standartlarga mosligi, miqdori va muddati kabi jihatlari ham çuqur örganib çiqilgan.
Ma'lum bölişiça, bola 2018 yil 24 avgustda Sergeli tumani 10-oilaviy poliklinikada bolalar şifokori N.Rasulova tomonidan tibbiy körikdan ötkazilgan va reja asosida 2 oylikdagi emlaşga ruxsat berilgan. Öşa kuni bolaning onasi E.X farzandiga poliomiyelit va pnevmokokkga qarşi vaksinalarni olgan.
Emlaş maxsus ruxsatnomasi bölgan hamşira M.Salikova tomonidan amalga oşirilgan.
Bundan oldinroq Toşkentda ikki oylik çaqaloq emlaşdan keyingi muolajalar lozim darajada bajarilmagani oqibatida vafot etgani, uşbu holat böyiça oçilgan jinoyat işi Boş prokuratura nazoratidaligi haqida xabar berilgandi.












