AQŞ prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga Meksika bilan çegaradagi harbiylarga u yerga kelgan muhojirlarni öqqa tutişga ruxsat berganini ma'lum qildi.
Trampning aytişiça, harbiylarga “zarurat paydo bölsa, otişga ruxsat bergan”.
“Umid qilamanki, ular buni qilişlariga töğri kelmaydi. Menda boşqa tanlov yöq, çunki ular şafqatsiz odamlarga töqnaş kelmoqdalar”, deb aytgan Tramp.
Tramp Markaziy Amerikadan AQŞga kelayotgan muhojirlardan himoyalaniş maqsadida çegaraga bir neça ming harbiyni jönatgandi. Ta'kidlanişiça, AQŞ mudofaa vazirligiga “mudofaa vaziri zarur deb hisoblagan harakatlarni amalga oşirişga” körsatma berilgan.
Jumladan, harbiylarga “kuç qöllaş, olomonni nazorat qiliş böyiça çoralar köriş, vaqtinçalik hibsga oliş va qisqa tintuvlar ötkazişga” ruxsat berilgan.
Noyabr boşida Tramp harbiylar toşlar otadigan muhojirlarni öqqa tutmasliklarini aytgandi. U şu bilan birga bunday yöl bilan harbiylarga hujum qiladigan muhojirlar harbiylar sifatida baholanişlarini aytgan.












