Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalar muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Farğona viloyatining Farğona şahrida sanoat, xizmatlar sohasini rivojlantiriş orqali aholi bandligini ta'minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjatda qayd etilişiça, respublika işçi guruhi tomonidan mahallalarni uyma-uy örganib çiqiş, ijtimoiy soha obektlariga taşrif buyuriş orqali Farğona şahrida amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar kompleks örganib çiqilgan;
Farğona şahrida amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni örganiş yakunlari böyiça mahalla, şahar va viloyat darajalarida hal etilişi talab qilinadigan tizimli muammolar va kamçiliklarni bartaraf etişga yönaltirilgan “yöl xaritalari” işlab çiqilganligi va tasdiqlangan;
2018-2019 yillarda Farğona şahrida kafolatli iş örinlari taşkil etiş hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qişloq xöjaligini rivojlantiriş loyihalarining manzilli röyxati;
2019 yilda Farğona şahrida turizmni yanada rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlar rejasi tasdiqlanişi mumkin.
Farğona viloyati hokimligi:
Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, manfaatdor davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, tijorat banklari, loyihalarning taşabbuskorlari bilan birgalikda tasdiqlangan manzilli röyxat parametrlarining sözsiz bajarilişini hamda bu borada investitsiya loyihalarining öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişini, işlab çiqarişning möljallangan hajmlari özlaştirilişini va yangi iş örinlari taşkil etilişini ta'minlaydi;
investitsiya loyihalari bajarilişi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin va monitoring davomida aniqlangan muammoli masalalarni muntazam ravişda körib çiqib, ularni hal etiş yuzasidan tezkor va amaliy zarur çora-tadbirlarni amalga oşiradi.
Farğona viloyati hokimligiga Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi va xizmat körsatuvçi tijorat banklari bilan kelişgan holda, loyihalarning qiymatini va iş örinlari sonini saqlab qoliş şarti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli röyxatiga, zaruratga köra, qöşimça va özgartirişlar kiritiş huquqi beriladi.
Farğona viloyat hokimligi, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, Moliya vazirligi, Maktabgaça ta'lim vazirligi maktabgaça ta'lim muassasalarini rekonstruksiya qiliş işlarini tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida kelgusi yillarda Özbekiston Respublikasining rivojlaniş davlat dasturi doirasida amalga oşirilişini ta'minlaydi.
Farğona viloyati hokimligining Farğona şahar, A.Navoiy, köçasidagi eski uy-joylar örnida zamonaviy turar joylar va mehmonxona kompleksini barpo etiş töğrisidagi taklifi ma'qullanadi.
Farğona viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, Quriliş vazirligi va boşqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda mahalliy va xorijiy investorlar iştirokida mazkur kompleks qurilişini belgilangan tartibda şaharsozlik normalari va qoidalari asosida amalga oşirilişini ta'minlaydi.
Farğona viloyati hokimi, tegişli sektorlar rahbarlari Farğona viloyati Farğona şahrida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oşirilişini kompleks örganiş natijasi böyiça tasdiqlangan “yöl xaritalari” bajarilişini ta'minlaydi.












